ββTush ichidagi tush | Ibtido
Aytishlaricha, "Ibtido" filmi sahnasini yozishga Kristofer Nolen umrining o'n yilini sarflagan ekan. Bu xuddi tarang tortilgan arqon ustida yurib ko'zlari yumuq holatda shaxmat o'ynash kabi tug'ma qobiliyatli diqqatsiz amalga oshmasa kerak.
Filmning bosh qahramoni yosh arxitektorga labirint yaratish topshirig'ini berish orqali uni sinab ko'radi va Nolan o'zi yaratgan betakror labirint sinoviga bizni yo'llaydi.
Xuddi ushbu film qahramoni kabi tomoshabin ham vaqt va kechinmalar sayohatida yuradi. Tush ko'rish yoki real voq'elik o'rtasidagi munosabatlar nima asosiga qurilgani to'g'risida aniq bir qarorga sira kela olmaymiz. Film qahramoni tushingiz avvalini hech qachon eslay olmasligingizni ta'kidlaydi va soatlab davom etuvchi bu tushlar bor-yog'i qisqa vaqtlarda ro'y berishi mumkin. Ha, ammo tush ko'rayotgan vaqtingizda sizda bu to'g'risida hech qanday shubha bo'lmaydi. Boshqa birovning tushida yurgan bo'lsangiz-chi? Uning tush ko'rish vaqti sizniki bilan qanday qilib mos kelishi mumkin? Aslida nimalarni bilasiz?
Filmda penrouz uchburchagi, ong osti, tush va voq'elik va yana ko'plab psixologik terminlarga ustamonlik bilan izoh berilgan.
Quyida film haqida oz-moz tasavvur uyg'otuvchi ta'sirchan iqtiboslardan ayrimlarini o'qiysiz:
1. Tushlar haqiqiydek tuyiladi. Uyg'onganimizdan so'nggina aslida qandaydir g'alati voq'elikni his qilamiz.
2. - Nega tush ko'rish shunchalar muhim?
- Chunki tushlarimda, biz haliyam birgamiz..
3. G'oya miyada o'rnashib olgandan so'ng, uni o'chirib tashlashning deyarli imkoni yo'q.
4. Eng yashovchan parazit nima? Bakteriya yoki virusmi, ichak qurtimi? G'oya. U yashovchan va o'ta yuqumli. G'oyaning kichkina urug'i ham o'sish qobiliyatiga ega. G'oya miyaga kirib olgandan keyin, undan chinakamiga qutulib bo'lmaydi. Men shakllangan va ongli qabul qilingan g'oyani nazarda tutyapman, miyadan o'rin olganini...
@pslog
Post #1070
226