TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1075 384
Yapon maqollari 💮

1. 自業自得

Tarjimasi: “Kishining ko’rgan foydasi uning sa’y-harakatidandir.”

Ma’nosi: “Nimani eksang, shuni o’rasan.” degan maqol bilan ma’nodosh. Har kim qilgan ishlarining oqibati bilan vaqti kelib yuzlashadi.

2. 十人十色

Tarjimasi: “O’n odam, o’n rang”

Ma’nosi: “Har kim o’z bilganidan qolmaydi” Har kimda har xil did va nafosat bor— va bu yomon emas.

3. 起死回生

Tarjimasi: “O’limdan uyg’on va hayotga qayt”

Ma’nosi: Ko’ngilsiz hodisa yoki ilojsizlikni muvaffaqiyatga aylantir.

4. 我田引水

Tarjimasi: “Suvni o’z guruch dalam tomon tortmoqdaman.”

Ma’nosi: O’z manfaatlari doirasida harakat qilish yoki so’zlash.

5. 悪因悪果

Tarjimasi: “Yovuzlikka yovuzlik qaytadi”

Ma’nosi: “Ekkaningni o’rasan.”ni boshqa bir varianti. Bunisi o’ta aniq va karmaga ishora qilmoqda.

6. 見ぬが花

Tarjimasi: “Ko’rmadingmi, demak u gul.”

Ma'nosi: Yaponiyada gullar tasavvur, latofat va xushmuomalik ramzi. Maqolning ma’nosi “Tasavvur haqiqat bo’la olmaydi.”

7.七転び八起き

Tarjimasi: “Yetti bora yiqilar, sakkizida o’rnidan turar.”

Ma’nosi: “Boshida hech nimaga erishmasang, bunga chidash mag’lubiyatdan ko’ra yaxshiroq”

8. 二兎を追う者は一兎をも得ず。

Tarjimasi: “Ikki quyonning ortidan yugurgan bittasiniyam tuta olmaydi.”

Ma’nosi: Bir vaqtda ikkita ishni qilishga urinsangiz, har ikkisini ham qila olmaysiz. Yoki Ron Svenson so’zlari bilan aytganda, “Ikkita ishni aslo chala qilmang. Bittasini mukammal qiling.”

9.猿も木から落ちる。

Tarjimasi: “Maymunlar ham daraxtdan qulaydi.”

Ma’nosi: “Hammayam xato qiladi.” deyishning o'ta hazilomuz yo’li.

@pslog
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →