TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
245
Photos
917
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1061 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1060 190
Kinoteatrdagi vaziyat: bir mavzudagi kino turlicha reaksiyaga sabab bo'lishi mumkin.

@pslog
Post #1059 190
​​Ba'zida qoidalar haqida unuting

Biz qoidalarga tartibni yo’lga qo’yish va hech kimga keraksiz tashvishlarni yaratmaslik uchun rioya qilamiz. Bunday qoidalar sirasiga yo’l qoidalari va tashkilotlar tomonidan o’rnatilgan boshqa qoidalar kiradi, ammo shaxsiy hayotingizga kelganda, kundalik tartib qoidalaridan boshqa har qanday narsadan cho’chiydigan insonlar borki, ular atrofdagilar ham bunga qo’l urishini oldini olish uchun qoidalar yaratgan. Bu yerda qonunlarning buzilishi nazarda tutilmagan. Aslida har bir jamiyatda axloq, vijdon, sharaf, burch tushunchalari mavjud. Buni inkor etmaymiz. Ammo “Ferrari” haydab, Rolex taqqan, sevgan ishi bilan shug‘ullanib, dunyo bo‘ylab sayohat qiladiganlar qoidalarni o‘zlari yaratishadi.

Vaqt o’tgani sayin maqsadlaringiz tomon harakat qilmayotganligingizni payqasangiz, ana shu qoidalar sizning eng katta to’siqlaringiz bo’ladi. Qoidalarni chetlab o'ting. Ba’zida dovyurak va jasoratli bo'lish ham kerak.

@pslog
Post #1056 204
Rang psixologiyasi | Oq

Yuqoridagi rasmga razm soling va bu rang sizda qanday hissiyotlar uyg’otishi haqida bir o’ylab ko’ring O’zingizni ruhlangan va tetik his qilyapsizmi yoki sovuqlik va yolg’izlikni his qildingizmi? Ko’pchilik insonlar oq rangga osoyishtalik va poklik ranggi sifatida qarasalar, ayrimlar esa bu rangni bo’m-bo'shlik va sovuqlikni ifodalovchi rang sifatida qaraydilar.

Madaniy tafovutlar

Yodda tutish lozim bo’lgan bir jihat shuki, bunday rang aloqadorliklari barcha madaniyatlar uchun taaluqli emas. Ranglar boshqa madaniyatlarda turlicha ma’no, simvollar va aloqadorliklarga ega.

➖ G’arb madaniyatida oq rang ko’pincha nikoh to’ylari, shifoxonalar va farishtalar bilan aloqador deb qaraladi va ko’pincha poklik, ozodalik va osoyishtalik tuyg’usi timsoli sifatida ishlatiladi.

➖ Ammo ko’plab Sharq madaniyatlarida oq rang o’lim va g’am-g'ussa timsoli sifatida qaraladi.

Marketingda

Marketing va brending sohasida oq rang xavfsizlik, poklik, soflik va ozodalik tuyg’ulari va shu bilan birga qarama-qarshilikni yaratishda foydalaniladi. O’z logolari va marketingida oq rangdan juda ko’p foydalanadigan brendlarga Michelin, Gap, Hewlett-Packard (HP), Lego, Volkswagen, Starbucks, Fisher-Price, Levi's, and Ford kiradi.

Oq rang tanlovi

Katta yoshli insonlarning rang tanlovi borasida yaqinda o’tkazilgan bir tadqiqotda jami 18 ta rangdan oq rang ma’qul kelgan ranglar ichida atigi 15-o’rinni egalladi.

Manba:verywellmind

@pslog
Post #1053 192
Post #1052 421
​​Qo'yib yuboring

Quyida Dr. Billi Graham tomonidan yozilgan juda ibratli hikoya berilgan.

Bir kuni mitti bolakay juda qimmatli vazani o'ynab o'tirgandi. U qo'lini vazaga tiqdi-yu, undan qo'lini chiqara olmay qoldi. Otasi ham qo'lidan kelganini qildi, ammo bu biror natija bermadi. Ota shu so'zlarni aytayotganda, ular vazani sindirish haqida o'ylayotgan edilar, "Qara, o'g'lim, yana bir bor urinib ko'r. Qo'lingni yozib, xuddi men ko'rsatayotgandek barmoqlaringni tekis tut, so'ngra tortib ol."

Bolakay otasini hayratga solib shunday dedi, "Yo'q, otajon, barmoqlarni bunday yoza olmayman, agar shunday qilsam, tangamni tushirib yuboraman-ku."

P.S. Kulgingiz kelsa, kula qoling--ammo siz va bizga o'xshash minglab insonlarni mana shu bolakayga qiyoslash mumkin, dunyoning sariq chaqasiga arzimas tangasini tutish bilan shunchalar ovvoraki, erkinlikni qabul qila olmaydilar.

Yuragingizdagi o'sha ahamiyatsiz narsalarni uloqtirishingizni iltijo qilaman.Taslim bo'ling! Qo'yib yuboring!

@pslog
Post #1046 191
​​Hamma kimgadir o’xshash istagida bo’lgan dunyoda kamchilik sayohat qilgan yo’ldan borish ulkan jasoratni talab etadi.

Shaxsiy hayotimizning barcha jabhalarida biror ishga yeng shimarishdan avval har gal o’n kishidan so’raymiz. Nimaga ishonchimiz komilligiga va hech qanday xatoga yo’l qo’ymaslikka har doim qaytadan ishonch hosil qilishni istaymiz. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qattiq qo’rqamiz va shuning uchun hamma taklif qilgan yo’ldan boramiz, hamma qilgan ishni biz ham qilamiz, hamma egallagan kasbni egallaymiz, hamma kiygan kiyimni kiyamiz, ishda tanish insonlar bilangina vaqt o’tkazamiz. Nima uchun? Negaki biz qo’rqamiz. Ammo hayotingizdan zerika boshlaganingizda, hamma qilgan ishni siz ham qilishga majbur emasligingiz va taqdiringiz dunyodagi boshqa barcha insonlarnikidan farq qilishini anglab yetasiz. Biroq buni anglash uchun og’ir tovon to’lash kerak, chunki yuragingiz amriga quloq tutib, o’z yo’lingizdan borish sizdan ulkan jasoratni talab qiladi.

@pslog
Post #1045 179
Yuzingizga tabassum yugurtiruvchi iqtiboslar

Chin yurakdan qilingan tabassumning juda ko’plab foydali jihatlari mavjud: u miya faoliyatini yaxshilaydi, boshqalar tomonidan do’stona qarshi olinasiz va atrofingizdagi insonlarga xursandchilik ulashadi.

Birgina tabassumning kuchini bilasizmi? Britaniyalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, u 2000 ta shokolad qutisidagi shokoladlarni yeganingizda va hisobingizga 16 000 funt sterlingni qabul qilganingizda his etadigan hissiyotni, miya stimulini beradi. Hmm, bu yomon emas, deysizmi? Albatta! Bir kunda millionlab bolalar kuniga 400 martadan ko’proq tabassum qilib, o’zini xuddi Mark Zukerberg kabi his qilmoqdalar.

@pslog
Telegraph Yuzingizga tabassum yugurtiruvchi iqtiboslar Chin yurakdan qilingan tabassumning juda ko’plab foydali jihatlari mavjud: u miya faoliyatini yaxshilaydi, do’stona qarshi olinasiz va atrofingizdagi insonlarga xursandchilik ulashadi. Birgina tabassumning kuchini bilasizmi? Britaniyalik tadqiqotchilarning…
Post #1044 176
​Biz oson qo'lga kiritiladigan narsalarning qadriga yetmaymiz

Buni hayotning barcha jabhalarida kuzatish mumkin. Misol uchun sog'liqni oling. O'ta kamchilik insonlar o'z sog'lig'iga jiddiy munosabatda bo'ladilar. O'z sog'ligidan ayrilsa, bu ularga baxt tortiq qilmasligini biladilar, shunday bo'lsa-da ular sog'liq uchun zararli taomlarni iste'mol qilish va jismoniy mashqlarni ortga surish, ortiqcha yog' yig'ish va turli ozdiruvchi markazlarga qatnashda davom etadilar. Bu baribir hech qanday ish bermaydi. Nega? Negaki ular o'z sog'ligiga jiddiy e'tibor qaratishmaydi va buning ortidagi asl sabab uning tekinligida. Mashinalarga ko'p pullarni sarflaymiz va uni yaxshi tutamiz. Agar o'z tanamizni sotib olganimizda, uning bahosi qancha bo'lishi mumkinligini tasavvur qilib ko'ring-a? Ana undan keyin unga ulkan miqdordagi pul evaziga erishganimizda qanchalik yaxshi g'amxo'rlik qilishimiz mumkinligini tasavvur qiling.

@pslog
Post #1042 182
Tabassum qiling, chunki hayot go’zal va jilmayish uchun sabablar juda ko’p. 🥰

@pslog
Post #1041 168

Forwarded from TED | Uzbek Language

Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

🔴 Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

🗣 Gay Uinch

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Shamollash alomatlari yoki qattiq og'riqni sezganimizda shifokorga boramiz. Shunday ekan, nega ruhiy azob chekkanimizda ushbu soha mutaxassislari ko'rigiga bormasligimiz kerak? Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy muammolarni yolg'iz boshdan kechiramiz, deydi Gay Uinch. Biroq biz bunday qilmasligimiz kerak. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini — hissiy gigiyenaga amal qilish rad etib bo'lmas hayotiy zarurat ekanligini misollar asosida ko'rsatib beradi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~17 min
YouTube How to practice emotional first aid | Guy Winch We'll go to the doctor when we feel flu-ish or a nagging pain. So why don’t we see a health professional when we feel emotional pain: guilt, loss, loneliness? Too many of us deal with common psychological-health issues on our own, says Guy Winch. But we don’t…
Post #1040 277
​​Ko'z bilan aloqa qilish

Biror kishi bilan ilk bor uchrashganingizda, nigohingizni ularga qaratib, tabassum qiling. Ularning ko'zlari rangini payqashga harakat qiling va nigohni yana bir necha daqiqa uzmaslik ularning sizga bildiradigan munosabatida ijobiy hislarni uyg'otishi mumkin. Bundan tashqari nigohni uzoqroq saqlab turish odamlarning ismlari va qiyofalarini osonroq eslab qolishingizga yordam beradi.

2007-yilda o'tkazilgan bir tadqiqot ko'ngillilarning notanish yuz qiyofalariga razm solayotganlarida ularning ko'z qirlarini kuzatib bordi. Yuzning chuqur qismlariga uzoqroq vaqt qarab turgan guruh ishtirokchilari yuzni tanib olish xotira sinovida yaxshiroq natijalarni ko'rsatishgan.

@pslog
Post #1038 166
​​Ba'zilar yomg'irni his qilishadi, boshqalar esa shunchaki ho'l bo'lishadi.

- Bob Marley

"Hayot dovul tinishini kutishdan iborat emas, aksincha yomg'irda raqs tushishni o'rganishdir."
-muallifi noma'lum

"Teringizdagi yomg'irni his qiling, siz uchun boshqa birov his qilmaydi."
-Natasha Bedingfiyeld

Bob Marleyning his-tuyg'u haqidagi ushbu mashhur iqtibosi komfort zonasida hayot kechiradigan, atrofida ro'y berayotgan voqeliklarning chinakam kechinmalarini tuya olmaydigan insonlar to'g'risida. Ba'zilar yomg'irni his qilishadi va ayrimlarda hech qanaqangi hislar yo'q; ular shunchaki ho'l bo'lishadi. Atrofingizga ziyrak ko'z bilan qarash yomg'irni his qilishingizga yordam beradi, biror narsada chunonan mashg'ul bo'lsangiz, yomg'irni his eta olmasligingiz mumkin.

@pslog
Post #1037 276
​​Psixologik layfxaklar

1. Ularning oyoqlariga razm soling.

Fan doktori Kerol Kinzey Goman, yetakchilarning ta'sirchan muloqotni tashkil etishlariga ko'maklashuvchi xalqaro doirada tan olingan nufuzli notiq, tana tilimiz biz yetkazib berayotgan muloqotning katta qismini tashkil etishi va bu jarayonda oyoqlarimiz ko'p narsalarni oshkor etishini ta'kidlaydi. Gomanning aytishicha, odamlar o'z tana tilini idora qilish chog'ida asosan yuz ifodalari va yuqori gavda holatiga ahamiyat qaratishadi, shuning uchun oyoqlar nazardan chetda va o'z holicha qoldiriladi. Agar oyoqlar ko'p qimirlasa, bu kishi asabiy holatda bo'lishi mumkin. Agarda oyoqlar kesishgan holatda bo'lsa, bu inson o'zini xotirjam va qulayroq his qilmoqda.

Bulardan tashqari, agar kimgadir yaqinlashganingizda ularning oyog'i siz tomonga yo'nalgan bo'lsa, ular siz bilan suhbat qurish istagida. Biroq agar ularning gavdasi boshqa yoqqa qaragan va oyoqlari sizdan yiroqqa yo'nalgan holda qolaversa, ularga xalaqit bermasligingizni istayotgan bo'lishlari mumkin.

2. Gapirayotganingizda bosh irg'ang.

Goman, shuningdek, tana holatiga taqlid qilish ahamiyatiga alohida urg'u beradi. Odamlar sizning tana holatingizga taqlid qilsalar, ular shu yo'l bilan sizga hamfikr ekanligini noverbal tarzda bildirmoqda. O'z nutqingizni yetkazish mahalida biroz bosh irg'asangiz, siz suhbatlashayotgan inson odatda sizning harakatlaringizga taqlid qilish va undan so'ng sizning fikrlaringizga ko'nishni boshlaydi.

@pslog
Post #1034 164
​Hissiy gigiyena

Fikrlarimiz va hislarimiz – ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq do’stlar emas... Ular ko’proq kayfiyati tez ayniydigan do’stlarga o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni ko’klarga ko’taradi, keyin esa o’ta sovuqqon.

Qachonlardir 20 yillik turmushidan so’ng, oilaviy munosabatlari achinarli yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim, u nihoyat ilk uchrashuvga chiqishga yuragi betlagandi. U o’sha inson bilan onlayn tarzda tanishgan, u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli borligi sezildi. U juda hayajonda edi, yangi liboslar sotib oldi, shu tariqa ular Nyu York shaxrining ichimliklar barida uchrashdilar. Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas, erkak o’rnidan turib, “Menga yoqmadingiz," dedi-yu, tark etdi. Rad etilish nihoyatda og’riqli. Ayol shunchalik iztirobda ediki, qilt etmadi.

Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? Beling beso’naqay, aytishga arzirli aytarli biror narsang yo’q. Nega endi uningdek kelishgan, muvaffaqiyatli inson senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?"

Daxshat, to’g’rimi, do’st ham shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? Ammo bu so’zlarni aytgan inson aslida uning do’sti emasligini aytganimda bunchalik hayratga tushmagan bo’lardingiz.

Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi. Va bu holat barchamizga tanish, ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng. Barcha xatolarimiz va bor kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, bo’lmasam qani edilar to’g’risida o’ylay boshlaymiz. O’zimizga laqablar to’qiymiz. Unchalik darajada bo’lmasa-da, bunga hammamiz qo'l uramiz.

Shunday qilishimiz qiziq, chunki o’z-o’zimizga beriladigan baho allaqachon aziyat chekyapti. Nega endi to'xtamay parchalashimiz kerak?

Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku? Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur! – Qo’limga pichoqni tiqib, qanchalik ichkariroq kirishim mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz.

Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga har doim ravo ko’ramiz. Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli. Negaki ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’ymaymiz.

O’zingizga beriladigan baho pasayganda, stress va bezovtalikka chalinishingiz xatari kuchayishi, mag’lubiyat va rad etilishlar yanada og’riqli kechishi va ulardan o’nglanish uzoq vaqt talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan bilamiz;

Shuning uchun rad etilganingizda, birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht tushurish emas, o’zingizga beriladigan bahoni kuchni qayta tiklashdir.

P.S. Hissiy iztirobni boshdan kechirayotganingizda, o’ta mehribon do’stdan kutiladigan mehr bilan o’zingizni siylang. ♥️

[O’zingizga beriladigan bahoni himoya qiling]


©Psixolog Gay Uinch


@pslog
Post #1033 156
​Yolg'on haqiqatga aylanmagunicha, yolg'onni haqiqat qilib ko'rsating

"Qayishqoq miya – Ro'yo haqiqatga aylanmagunicha, uni haqiqat deb biling." maqolasida keltirilishicha, neyroplastiklik, bu – miyaning o'zini o'zi moslashtirish, qayta tiklash va o'z tuzilishini o'zgartirishga imkon beruvchi xususiyatidir. Bu fikr miyaning qattiq tuzulishga ega ekanligini ilgari suruvchi nazariyani inkor etadi.

Bir asr muqaddam Dr. V.S. Ramachandran ko'zgu qutti deb nomlangan asbobni yaratdi— u mavjud bo'lmagan qo'l yoki oyoqni his etish qobiliyati, ya'ni fantom limb sindromidan aziyat chekayotgan bemorlarga yordam berish maqsadida yaratilgan edi. Qutti bemorning qo'lini shu qutti ichkarisiga solib, o'zining mahrum bo'lgan qo'lini boshqasida tasavvur qilish yo'sinida ishlardi. Ko'zgu bemorning o'zida mavjud bo'lgan qo'li aksini u xuddi hali ham o'z joyidagidek ko'rish
va bora-bora shuni his qilishga imkon berardi.

Bu nazariya miyamizni o'zimiz istagandek fikrlash va ishontirishga undashimiz mumkinligini izohlaydi. “Ramachandran ko'zgu quttisi kishiga uning miya faoliyati bunga erishgunga qadar o'zi istagan voqelikning sodir bo'lishiga guvoh bo'lish imkonini berardi.”


@pslog
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →