TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 245 subscribers
Post #1037 276
​​Psixologik layfxaklar

1. Ularning oyoqlariga razm soling.

Fan doktori Kerol Kinzey Goman, yetakchilarning ta'sirchan muloqotni tashkil etishlariga ko'maklashuvchi xalqaro doirada tan olingan nufuzli notiq, tana tilimiz biz yetkazib berayotgan muloqotning katta qismini tashkil etishi va bu jarayonda oyoqlarimiz ko'p narsalarni oshkor etishini ta'kidlaydi. Gomanning aytishicha, odamlar o'z tana tilini idora qilish chog'ida asosan yuz ifodalari va yuqori gavda holatiga ahamiyat qaratishadi, shuning uchun oyoqlar nazardan chetda va o'z holicha qoldiriladi. Agar oyoqlar ko'p qimirlasa, bu kishi asabiy holatda bo'lishi mumkin. Agarda oyoqlar kesishgan holatda bo'lsa, bu inson o'zini xotirjam va qulayroq his qilmoqda.

Bulardan tashqari, agar kimgadir yaqinlashganingizda ularning oyog'i siz tomonga yo'nalgan bo'lsa, ular siz bilan suhbat qurish istagida. Biroq agar ularning gavdasi boshqa yoqqa qaragan va oyoqlari sizdan yiroqqa yo'nalgan holda qolaversa, ularga xalaqit bermasligingizni istayotgan bo'lishlari mumkin.

2. Gapirayotganingizda bosh irg'ang.

Goman, shuningdek, tana holatiga taqlid qilish ahamiyatiga alohida urg'u beradi. Odamlar sizning tana holatingizga taqlid qilsalar, ular shu yo'l bilan sizga hamfikr ekanligini noverbal tarzda bildirmoqda. O'z nutqingizni yetkazish mahalida biroz bosh irg'asangiz, siz suhbatlashayotgan inson odatda sizning harakatlaringizga taqlid qilish va undan so'ng sizning fikrlaringizga ko'nishni boshlaydi.

@pslog
More from @pslog
  1. Oct 14, 2026Bolaligimizda soatlab rasm chizar, yangi o‘yinlar o‘ylab topardik. Natijasi qanday bo‘lish…
  2. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  3. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  4. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  5. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  6. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →