Hamma kimgadir o’xshash istagida bo’lgan dunyoda kamchilik sayohat qilgan yo’ldan borish ulkan jasoratni talab etadi.
Shaxsiy hayotimizning barcha jabhalarida biror ishga yeng shimarishdan avval har gal o’n kishidan so’raymiz. Nimaga ishonchimiz komilligiga va hech qanday xatoga yo’l qo’ymaslikka har doim qaytadan ishonch hosil qilishni istaymiz. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qattiq qo’rqamiz va shuning uchun hamma taklif qilgan yo’ldan boramiz, hamma qilgan ishni biz ham qilamiz, hamma egallagan kasbni egallaymiz, hamma kiygan kiyimni kiyamiz, ishda tanish insonlar bilangina vaqt o’tkazamiz. Nima uchun? Negaki biz qo’rqamiz. Ammo hayotingizdan zerika boshlaganingizda, hamma qilgan ishni siz ham qilishga majbur emasligingiz va taqdiringiz dunyodagi boshqa barcha insonlarnikidan farq qilishini anglab yetasiz. Biroq buni anglash uchun og’ir tovon to’lash kerak, chunki yuragingiz amriga quloq tutib, o’z yo’lingizdan borish sizdan ulkan jasoratni talab qiladi.
@pslog
Post #1046
191