Hissiy gigiyena
Fikrlarimiz va hislarimiz – ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq do’stlar emas... Ular ko’proq kayfiyati tez ayniydigan do’stlarga o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni ko’klarga ko’taradi, keyin esa o’ta sovuqqon.
Qachonlardir 20 yillik turmushidan so’ng, oilaviy munosabatlari achinarli yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim, u nihoyat ilk uchrashuvga chiqishga yuragi betlagandi. U o’sha inson bilan onlayn tarzda tanishgan, u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli borligi sezildi. U juda hayajonda edi, yangi liboslar sotib oldi, shu tariqa ular Nyu York shaxrining ichimliklar barida uchrashdilar. Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas, erkak o’rnidan turib, “Menga yoqmadingiz," dedi-yu, tark etdi. Rad etilish nihoyatda og’riqli. Ayol shunchalik iztirobda ediki, qilt etmadi.
Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? Beling beso’naqay, aytishga arzirli aytarli biror narsang yo’q. Nega endi uningdek kelishgan, muvaffaqiyatli inson senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?"
Daxshat, to’g’rimi, do’st ham shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? Ammo bu so’zlarni aytgan inson aslida uning do’sti emasligini aytganimda bunchalik hayratga tushmagan bo’lardingiz.
Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi. Va bu holat barchamizga tanish, ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng. Barcha xatolarimiz va bor kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, bo’lmasam qani edilar to’g’risida o’ylay boshlaymiz. O’zimizga laqablar to’qiymiz. Unchalik darajada bo’lmasa-da, bunga hammamiz qo'l uramiz.
Shunday qilishimiz qiziq, chunki o’z-o’zimizga beriladigan baho allaqachon aziyat chekyapti. Nega endi to'xtamay parchalashimiz kerak?
Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku? Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur! – Qo’limga pichoqni tiqib, qanchalik ichkariroq kirishim mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz.
Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga har doim ravo ko’ramiz. Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli. Negaki ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’ymaymiz.
O’zingizga beriladigan baho pasayganda, stress va bezovtalikka chalinishingiz xatari kuchayishi, mag’lubiyat va rad etilishlar yanada og’riqli kechishi va ulardan o’nglanish uzoq vaqt talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan bilamiz;
Shuning uchun rad etilganingizda, birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht tushurish emas, o’zingizga beriladigan bahoni kuchni qayta tiklashdir.
P.S. Hissiy iztirobni boshdan kechirayotganingizda, o’ta mehribon do’stdan kutiladigan mehr bilan o’zingizni siylang. ♥️
[O’zingizga beriladigan bahoni himoya qiling]
©Psixolog Gay Uinch
@pslog
Post #1034
164