TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1077 352
​​2 daqiqalik chalg'ish

Salbiy fikrlashning eng nosog'lom va keng tarqalgan shakllaridan biri shilqim fikrlar deb ataladi.

Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverish degani. Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi yoki auditoriyada professor sizni ahmoqqa chiqardi, yo do’stingiz bilan qattiq urushib qoldingiz va bu manzaraning xayolingizdan bir necha kunlab o’chmasligi, ba’zida haftalab davom etishidir.

Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu yo’sinda o’ylayverish osongina odatga aylanishi mumkin va bu siz uchun qimmatga tushadi, chunki noxush va salbiy hislarga uzoq vaqt berilish natijasida o’zingizda klinik depressiya, alkogolizm, ovqat buzulishlari va hatto yurak hamda qon-tomir kasalliklari vujudga kelish xatarini birmuncha oshirasiz.

Muammo shundaki, shilqim fikrlarga berilish ehtiyojdek va o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, shu bois bu odatdan voz kechish mushkul. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i ikki daqiqaga o’zingizni chalg’itish o'sha daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish uchun yetarli.

Agar boshingizda fikrlar girdobi aylanaversa, ulardan xalos bo'lish va o'zgacha fikrlash uchun biror chora ko'ring. Ta'sirli asar mutolaasiga sho'ng'ing yoki boshqa olamga eltuvchi biror film tomosha qiling. Mashq qiling. Yayov yurish uchun ko'chaga chiqing. Qisqa qilib aytganda, fikrlaringiz yo'nalishini ijobiyroq tomonga burish uchun siz bilgan usullarning barchasini sinab ko'ring. Salbiy fikrlarga qarshi kurashing.

Fikrlaringiz yo'nalishini atigi 2 daqiqa mobaynida o'zgartira olsangiz, shilqim fikrlarning destruktiv siklidan xalos bo'lasiz. Salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali ruhiy jarohatingizni tuzatibgina qolmaysiz, balki o'zingizda ruhiy chidamlilikni yaratasiz, o’sa boshlaysiz. ✌️

@pslog
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →