TGViewer
Prof. Sherzod Prof. Sherzod @profsherzod · 5.19K subscribers
Post #785 926

Forwarded from Jamshid Javlon

Quyida Sherzod aka Mo'minov o'sha podkastda aytgan qiziq fikrlarining bayoni:

"Yurgen Osterhammel [Jürgen Osterhammel] degan juda mashhur nemis tarixchisi bor. Katta hajmli, qiziq kitoblar yozadi. Tavsiya qilaman. Uning XIX asr global tarixiga bag‘ishlangan kitobida yuqorida biz suhbatlashgan jarayonning sabablari juda yaxshi tushuntirilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmi.
O‘sha paytda dunyo tartibi turli mahalliy va mintaqaviy tizimlardan tashkil topgan edi. Masalan, Sharqiy Osiyoda Xitoy markazli tartib mavjud bo‘lgan. Biz uni “Sinocentric world” deymiz. Markazda Xitoy, uning atrofida esa “varvarlar”. Xitoy imperatori o‘rtada o‘tiradi. Undan keyin shimoliy “varvarlar”, sharqiy “varvarlar”, janubiy “varvarlar” va g‘arbiy “varvarlar”. Albatta, Xitoy bilan “varvarlar” o‘rtasida vassal davlatlar ham bo‘lgan. Masalan, Koreya juda muhim vassal davlat edi. Yana Vyetnam va hokazo.

Xo‘sh, XIX asrda nima yuz beradi?
Yevropada – Yevroamerika desa ham bo‘ladi – shakllangan tizim asta-sekin butun dunyoning tizimiga aylanadi. Ya’ni Xitoy markazli tizim barham topadi. Yaponlar esa mana shu o‘zgarishni birinchilardan bo‘lib tushunib yetgan.
Yaponiya bu vaziyatdan shunchaki G‘arbning ustunligini tan olgani yoki G‘arb texnologiyasini o‘zlashtirgani uchun chiqib keta oldi deyish, menimcha, masalani haddan tashqari soddalashtirish bo‘ladi. Vaziyat bundan murakkabroq bo‘lgan.
O‘sha davr yaponlarida Xitoydan kirib kelgan to‘rtta iyeroglifdan iborat shiorlar bo‘lgan. Boya aytdim: “Imperatorni ulug‘la, “varvarlar”ni – ya’ni chet elliklarni – quvib chiqar”. Bu shiorlardan bittasi.
Yana shunday shiorlardan biri “Wakon yōsai” deyiladi. “Wakon” – yapon ruhi, “yōsai” – G‘arb texnologiyasi degani.
Boshqa bir tushuncha “Bunmei kaika” – sivilizatsiya va ma’rifat.
Bu yerda aynan nima nazarda tutilgan?
Ma’rifat davri Yevropasining yutuqlarini o‘zlashtirish kerak degan fikr mavjud. Lekin bu juda pragmatik, o‘z manfaatini ko‘zlagan holda amalga oshirilgan. Ya’ni “biz ham Yevropaga o‘xshaymiz” degan ko‘r-ko‘rona ishonch yo'q bu yerda. Yoki “biz butunlay yevropalik bo‘lamiz, urf-odatlarimiz, udumlarimiz, jamiyatdagi munosabatlarimiz ham G‘arbdagidek bo‘ladi” degani ham emas.
“Wakon yōsai”ning o‘zi bu masalani yaxshi ifodalaydi: yapon ruhi qolishi kerak, lekin G‘arb texnologiyasini olishimiz lozim. Nima uchun? Chunki bunday qilmasak, orqada qolib ketamiz.
Yana bir muhim omil bor. Juda ko‘p chet elliklarni maslahatchi sifatida ishlashga taklif qilishgan. Misol uchun, men Yaponiyada bir yildan ko‘proq vaqt bo‘lganman. PhD yozayotgan paytimda a’zo bo‘lgan universitetim Hosei universiteti deyiladi. «Hosei» huquq va siyosat degani. Bu universitetga fransuz yuristi Gustave de Boissonade de Fontarabie asos solgan. Xo‘sh, u nima uchun Tokioda universitetga asos solyapti? Chunki uni Yaponiyaga mamlakatning huquqiy kodekslarini boshqatdan ishlab chiqish uchun taklif qilishgan."

“Qurultoy” podkastining “Yaponiya: urush, yangi tarix va o‘z o‘tmishiga munosabat” nomli sonini ko‘rishni tavsiya qilaman!
  • 👍 15
  • 🔥 4
  • ❤ 2
More from @profsherzod
  1. Oct 7, 2026Болаларга пойдевор билимларни бериш ҳақида. 2-қисм Ёзувнинг биринчи қисмини чоп қилганимда…
  2. Oct 5, 2026Болаларга цивилизацияга пойдевор бўлган мумтоз билимларни беришимиз муҳимлиги ҳақида Ҳеч к…
  3. Oct 1, 2026Iqtisodiyot bo‘yicha nufuzli PhD dasturlariga kirsh bo'yicha bepul vebinar. IDEA tashkilot…
  4. Oct 1, 2026Ўқитувчи бўлиш ниҳоятда машаққатли иш. Айни пайтда, ниҳоятда мароқли ҳам. Талабалар билан…
  5. Oct 1, 2026#Устозлар байрамига янги бир нарса ёзай дедим, аммо барибир икки йил олдин ёзган ёзувимдан…
  6. Sep 30, 2026IELTS'дан юқори баҳо олиш осон бўлиб қолгани ҳақидаги бир твитга муносабат билдиргандим, ў…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →