TGViewer
Channel Public Channel
Otabek Komil

Otabek Komil

@otabek_komil

www.askogo.uz rahbari, tadbirkor.

Asosan biznes, jamiyat va kitoblar haqida, ammo doim emas!

Aloqa uchun: @otabek_komiliy
Subscribers
361
Photos
152
Videos
37
Links
116
Recent Posts 15 shown
Post #625 113

Forwarded from Aziz | Kreativ Marketing 🚀

Telegramda gaplashish “ma’daniyati” bo‘yicha qo‘llanma ❗️

Telegramda yozish ham alohida skill ekanini oxirgi paytlar tushunib borvommn

Shuning uchun kichkina qo‘llanma:

— “Assalomu alaykum” deb yozib, javob kutib o‘tirmang.
Salom. Nima masalada yozganingizni ham shu xabarning o‘zida yozsangiz bo‘ladi. Intriga qilish shart emas, bu serial emas.

— “Bitta savolim bor edi” demang.
Savol bo‘lsa — bering. Savol berishga ruxsat olish uchun alohida savol berish shart emas :)

— “Oka, bormisiz?”
Yo‘q, Telegramni vasiyat qilib ketganman.

Nima kerakligini yozib qoldiring. Bo‘shaganimda ko‘raman.

— Ketma-ket 7 ta xabar yubormang.
“Aziz aka”
“Assalomu alaykum”
“Yaxshimisiz”
“Ishlar yaxshimi”
“Bitta masala bor edi”
“Aytvorsam bo‘ladimi?”
“???”

Bularning hammasini bitta xabarga sig‘dirsa bo‘ladi.

— “???” yuborish javobni tezlashtirmaydi.
Aksincha, javob berish istagini sekinlashtirishi mumkin.

— Voice 5 daqiqa bo‘lsa, oldindan ogohlantiring.
30 soniyalik masalani 4:47 daqiqalik podkastga aylantirish shart emas.

— “Tezda javob bering” deb yozishdan oldin o‘ylab ko‘ring.
Siz uchun shoshilinch bo‘lgan narsa boshqa odam uchun ham avtomatik ravishda shoshilinch bo‘lib qolmaydi.

— Kontekstsiz fayl, link yoki screenshot tashlamang.
“Shuni ko‘rib bering” emas.
Nimani ko‘rish kerak? Nima haqida fikr kerak? Muammo qayerda?

— Ish bo‘yicha yozayotgan bo‘lsangiz, maqsadni boshidan ayting.
“Hamkorlik bo‘yicha yozayotgandim. Xizmatimiz mana bu. Taklifimiz mana bu.”

Tamom. Ikkala tomon ham vaqt tejaydi.

Va eng muhimi:

Telegram — eshik emas.

Xabar yuborganingiz bilan odam uni shu sekundda ochishi, o‘qishi va javob berishi shart emas.

Yaxshi kommunikatsiya — chiroyli so‘zlar emas.

Boshqa odamning vaqtini hurmat qilish.
Post #624 159
Meni ilhomlantiradigan ustozlarim!

Bugungi kun munosabati bilan ustozlarim haqida shu yerda ba'zi narsalarni yozib qoldirishga qaror qildim.

So'nggi 6 yil ichida hayotimda paydo bo'lgan 3ta shaxs borki, meni hozirgi kundagi shaxsiyatimda o'rnilari katta.

Birinchisi, ustozim Kozim aka Xoshimov (Polietilen sohasida bir nechta ishlab chiqarishlar asoschisi). Ulardan shu kungacha muzokara qilishda bor imkoniyatdan maksimal foydalanishni, siyosat qilishni va biznesni asosiy o'zaklarini o'rgandim.

Ikkalamizda umumiy kontekst kelib chiqishimiz bir shahardan bo'lgani uchun, maslahatlarini ko'pi menga moslangan holda puzzle o'rni yaxshi joyiga tushadi.

Ikkinchisi, ustozim Abdulloh aka Shamsutdinov (Rahimov School asoschilaridan biri). Kerakli joyda cho'rt kesarlik, biznes boshqaruvida kerakli kitoblarni o'qish kerakligini, qaysi qarorlarni tezroq qilish va qaysilarini kechiktirish mumkinligini ko'pini ulardan o'rgandim.

Ikkalamizning umumiyatimiz start nuqtamiz o'xshashligida deb bilaman. Kambag'al ham, boy ham bo'lmagan, ammo ziyoli o'rtahol oiladan kelib chiqqanmiz.

Uchinchisi, ustozim va rahbarim Abdulbosid aka Abdullayev (ASKO asoschisi). Ulardan o'z atrofiga sodiq jamoani qanday yig'ishni, kerakli o'lchovlar bilan risk qilishni, ustozlarni xurmat qilish va eshitish ahamiyatini yaxshiroq o'rgandim.

Ikkalamizning umumiyatimiz eng avvalo bir maqsadda, bir xil kontektsda so'nggi 3 yildan beri birga ishlayotganimiz. Maqsadimiz ASKOni yuksalishiga qaralgan.

Bu insonlarning uchovini o'xshash nuqtalarini yozib ketsam endi:

— Doim qadriyat yoki dunyo o'rtasida tanlov kelganda, qadriyat tomonini ustun ko'rishadi, eng yomon holatda ham;
— Energiya doim baland holatda bo'ladi;
— Ustozlarini qadrlashadi va eshitishadi;
— Qo'l ostidagilarga kibr qilishmaydi, zero qo'llarida yuzlab va minglab xodim ishlasada;
— O'z sohalarini tubigacha zo'r bilishadi, produkt tomonlama;
— Yuqori bosimda ko'p ishlashadi;
— Ehsonni yaxshigina qilishadi;
— Mashinaga qiziqishadi;
— Ko’p safar qilishadi.

Rosti, ularga qattiq havas qilaman. Ko'z o'ngimda barchalarini qiyin holatlarida ham, zo'r holatlarida ham ko'rganman. Va bu men ularda ko'rayotgan plyuslar shunchaki maska emasligiga 100% amin bo'lganman.

Doim shaxsiy yumushim yoki savolim bilan ularni bezovta qilsam, hech qanday manfaat olmasalar ham menga yordam qo'lini cho'zishga tayyor bu insonlar. Ularga shogirdlik haqqini qanday va qachon ado etaman, bilmayman rosti.

Ustozlarim, boringizga shukr. Meni ilhomlantirasizlar, bergan ilmingiz uchun rahmat! Bayramingiz muborak bo'lsin!

@otabek_komil
Post #622 160
So'nggi 2 kun davomida, 2ta training'da bo'ldim.

Biri Payme CEOsi tomonidan o'tildi, ikkinchisida esa korxonamiz buyurtmasiga asosan Avstriyadan Adizes biznes konsaltingdan trener keldi.

Ikkovi ham biznes boshqaruvidagilar uchun tegishli darslar edi.

Yangi bilimlar bizning ko'rinmas kuchimiz bo'lgan ilm bagajimizni kuchayishiga xizmat qiladi.

Ilm bagajimiz esa bizning asosiy leverage'imiz hisoblanadi!

#kundalik

@otabek_komil
Post #621 332
Shahboz Dolimov va Aziz Rahimov ikkovlarini dunyoga berilishdan saqlanishlari odamni quvontiradi.

Sababi, ularga intiladigan yosh avlod yetarlicha, shukr.

Ularda ijtimoiy status, biznes ilmi, kuchli networking, 30+ yosh, sifatli auditoriya bo'lsa ham pul topishga berilib ketishmagan.

Odamlarda azaldan bo'lgan hashamatga o'chlik, bugungi online zamonda yanada kattalashib ketgan.

Zo'r mashina, zo'r uy, zo'r ko'rinishga bo'lgan xohish bizni ota-onalarimiz davridan ko'ra hozir yuqori ekanligi aniq.

Bu kuchli disbalansni esa, yuqorida ismlari zikr etilgan ikki shaxs haminqadar balanslashiga xissa qo'shishyapti. Hech bo'lmaganda o'z auditoriyalari uchun.

LINK

Shu linkdagi podkastni ko'proq odam eshitsa, jamiyatda balans ko'payarmidi...

@otabek_komil
Post #619 389
Jamiyat oldidagi mas’uliyat

Qilayotgan ishimizning mas’uliyati qanchalik muhim ekanligini bugun tarmoqlarda tarqalgan shu avariya ko’rsatibdi.

ASKO barcha do’konlari va ASKO GO ichidagi vulkanizatorlarimiz soni 100ga yaqin.

Shulardan birortasi mijozning g’ildiraklaridagi 1 dona bo’lsa ham boltini yaxshi qotirmay chiqazib yuborsa, oqibati juda yomon tugashi mumkin.

Yuqoridagi videoda holat eng yaxshi ssenariyda tugagan hisob.

Yomon ssenariyda bir necha o’nlab mashinalar avariyasi va bir necha o’nlab o’limlarga olib kelishi mumkin edi.

Lekin bu real voqea odamlar hayotida umrimizni bag’ishlayotgan sohamiz aslida qanchalik ahamiyatli ekanini ko’rsatadi.

@otabek_komil
Post #618 303

Forwarded from Muzaffar Murodov | blog

Instagramdagi hamma narsaga ishonmang.

Bir tanish shogirdim avtosalonda marketolog bo‘lib ishlaydi.

Bir kuni ambassadorlik uchun qaysi blogerni tanlash haqida maslahat so‘radi.

Auditoriyasi, faolligi, shartlari hammasini ko‘rib, bitta bloger/aktrisa qizni tanladik. 10 oylik kelishuv qilindi.

Kelishuv evaziga unga oldindan mashina berildi. O‘zi ham aynan shuni xohlagandi.

Oradan bir hafta o‘tdi.

Instagramni ochsam, o‘sha mashinani blogerning eri unga “sovg‘a” qilyapti.

Katta progrev.
Mashina ustida yopinchiq.
Intriga.
Syurpriz.

Qiz esa yig‘layapti.

Men esa boshqa narsaga hayron qoldim.

Bir hafta oldin avtosalondan ambassadorlik uchun olingan mashina, bugun Instagramda “erim menga mashina sovg‘a qildi” degan baxtli oilaviy voqeaga aylangandi.

Shunda yana bir marta tushundim.

Instagramda siz ko‘rayotgan hayot har doim ham haqiqiy hayot emas.

Kimningdir eri mashina sovg‘a qiladi.
Kimdir har hafta gul oladi.
Kimdir doim sayohatda.
Kimningdir oilasi ideal.

Siz esa bularni ko‘rib, o‘z hayotingiz bilan solishtira boshlaysiz.

Boshqalarning eri shunaqa...
Boshqalarning xotini bunaqa...
Biz nega bunday yashamaymiz

Lekin siz natijani ko‘ryapsiz, sahna ortini emas.

Ba’zida esa sahnaning o‘zi ham oldindan yozilgan bo‘ladi.

Instagramdagi begona odamlarning “ideal hayoti” deb, o‘zingizning haqiqiy hayotingizni qadrsizlantirmang.

Instagram bu – vitrina.
Hayot esa vitrinaning orqasida.


@muzaffarmurodov_blog
Post #617 267
So'nggi 3 oylikdagi men uchun eng go'shtli podkast.

Behzod akadan maksimal foydali ma'lumot olingan qisqa muddat ichida.

Bu savollarning yaxshiligidan. Savollar menga yoqqanini yana bir sababi, balki do'stimiz Humoyun aka bilan deyarli tengdosh bo'lganimizdir.

Ya'ni men uchun ham bugungi kunda aktual bo'lib turgan savollarni eshitdim.

Va savol ketidan qanday javob kelarkin deb kutib turdim.

Suhbat davomida kamida 20ta post yozishga undaydigan mavzular ko'tarildi.

Menimcha bu podkast qanchalik zo'r bo'lganiga shu ta'rifni o'zi yetarli bo'lsa kerak.

Ko'ringlar!

https://youtu.be/3B2APeNWPfc?si=fYjUiDHY66XD6HBq

@otabek_komil
YouTube Nega aqlli odamlar kambag‘al bo‘lib qoladi? Yana kimlar bilan podcast tashkillashtirishimizni xohlaysiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. ► Humoyun Sabirov ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram — https://www.instagram.com/humoyunsabirov Telegram — https://t.me/humoyunsabirov YouTube — https://w…
Post #616 286
Orzuga ayb yo’q

Bu kinoning nomi.

Dam olish kunlarida ko’rishingiz uchun menga juda yoqqan ushbu filmni tavsiya qilmoqchiman.

Bo’lgan voqealarga asoslangan kino.

O’zi menga shunaqa real voqealar asosidagi va biografik filmlar hamda kitoblar juda yoqadi.

Shuning uchundir balki Ayzekson kitoblarining ulkan muxlisiman.

Kino noldan NBAning muvaffaqiyatli agentligini qurgan ikki insonning tarixi haqida.

Davomiylik haqida yozgan inshomning filmda aniq isboti ko’rsatilgan ekan.

Kino may oylarida ommaga ko’rsatilgan, ammo men endi ko’rdim.

Mobodo ko’rmaganlar bo’lsa, ko’rib qo’yish zarur! Ko’rganlar bo’lsa taassurotlarni yozib qoldiringlar.

@otabek_komil
Post #615 1.07K
ASKO GO jamoamizga sotuv operatorlarini qidiryapmiz.

Asosiy talab — avval call-centre orqali sotuvlar bilan shug'ullangan bo'lishingiz kerak.

Yangihayot va Sergeli tumanlarida yashasangiz undan ham yaxshi.


Oylik maosh 4 000 000 - 12 000 000 so’m.

Qiziqqanlar o'zi haqida 2 daqiqalik ovozli xabar va rezyumeni @otabek_corp ga yuborsin.

Yoki ish izlayotgan tanishlaringizga dalolat qilsangiz mamnun bo'lamiz.

@otabek_komil
Post #612 373
Kechagi kun haqida yozmasam bo'lmaydi.

O'quv yilini ilk kuni.

Erta tongdan ko'chalarda maktab formasidagi odamchalar paydo bo'lishdi.

Hammasini kiyimlari dazmollangan, oxori to'kilmagan, top-toza holda.

Vayb juda zo'r.

Instagram esa shunday videolarga to'la.

Bu uchala video meni maktab, litsey va universitet yoshimdagi vaqtlarimni eslashga majbur qildi.

Eslasam, o'sha vaqtlarda ko'plar qatori men ham tezroq ulg'ayishni va kattalarda bor bo'lgan imkoniyatlarga erishishni juda xohlardim.

Ammo mana bu videolarga qarang, sakiynat va xotirjamlikni xis etish uchun bu o'quvchilarda imkoniyat yetarli darajada.

Balki ular ham bundan men kabi unumli foydalanishmayatgandir, lekin sakiynat va xotirjamlik yosh ulg'aygani sari qanchalik qimmatlashib borishini tushunishlarini istardim.

Har bir davrning o'z gashti bor va hech qaysi davr abadiy emas.

@otabek_komil
Post #609 382
Vitamin ortidagi milliardlar

O'zbekistonda so'nggi 3 yilda keskin ommalashgan industriya — bu vitaminlar bozori.

O'rganib ko'rsam, butun dunyoda talab oshib borayotgan ekan. Va keyingi 10 yilda, yana ikki baravar o'sishi kutilmoqda.

Shaharlashuv oshishi ham bunga sabablardan biri.

Odamlarga tabiiy vitaminlar har qachongidan ko'proq yetishmayapti.

Lekin yetishmaganni to'ldirishdan tashqari, profilaktika uchun ham vitamin ichayotganlar ko'paymoqda.

Bu yaxshi tendensiyami yo'qmi aniq aytish qiyin. Lekin izohlarda shunchaki Instagram qidiruviga "vitamin" so'zini yozganimdan keyingi holatni rasmini tashlab qo'ydim.

Yangi kichik vitamin bizneslari ko’payib ketgan. Iqtisodiyot qonunlari bo’yicha hammasi to’g’ri, boshlash narxi past va talab yuqori biznesga qiziqadiganlar ko’p.

Keyingi yillarda yanada o'sib boruvchi bozor, kimdir biznesga g'oya qidirib yurgan bo'lsa foydalansin ana.

O'zim shaxsan oxirgi 3 oyda, tahminan 5 milliondan ortiq pulni shu industriyaga mijoz bo’lib ishlatibman.

"Vitamino" degan brend bor, hozir bozorda men bilgan va tarmoqli retail sifatida faoliyatini yuritayotgan.

Ammo ularda ham hali aniq katta ulush yo'q, masalan Korzinkaga o'xshagan katta brend emas hali.

Aqlli tadbirkor kirib, sal pastroq narxlar va yaxshiroq servis bilan zo'r tarmoqlar qilib tashlashi hamda bozorning katta qismini egallab olish imkoniyatiga ega.

Buni orqasidan faqat xalqqa qulayroq bo'ladi. Sababi, hozirgi vitamin bozoridagi ustama tahminan 600-700% atrofida deb eshitdim.

Xulosa o’rnida, odamzot tabiatning bir qismi va tabiiy ozuqaga ehtiyoji baland. Tabiiy vitaminlar yeyishni ko’paytiraverish kerak.

@otabek_komil
Post #608 336
Ism bilan qo’yilgan oshxona bo’lsa, shunday bo’lsin!

Ilon ota masjidi orqasida shunday biznes borki, haqiqatdan qoyil qolmay iloji yo’q.

Bu biznesda hamma zanjirlar bardavom va sifatli bir biriga ulanib, motor dvigateli kabi juda yaxshi ishlaydi.

Rustam amaki har kuni 24 soatdan oshiq qaynab chiqqan bir qozon ilik sho’rva tayyorlaydilar.

Oshxonada faqat ilik sho’rva va tandir somsa bor.

Ikkalasi ham bir-biridan mazali.

Rustam amaki har bir kelgan mijoz bilan maksimal muloqotda bo’lishga, ular bilan qadrdon bo’lib ketishga urunadilar.

Yoshlari 60-70 oralig’ida chamamda. Lekin ancha tetiklar, xodimlari bilan ham ancha tartibli ishlab qo’yadilar.

Hech qanday ijtimoiy tarmoqda topa olmaysiz bu oshxonani, ammo doimiy mijoz arimaydi va hamma nomiga mos bo’lgan Rustam amakini shaxsiy brendiga ishonib kelaveradi.

Ilik sho’rva tabiiy protein va immunitet ko’taruvchi, hamda juda mazali.

Oshxona ish vaqti soat 06:00-13:00 oralig’ida. Shu vaqt ichida bir o’choqdagi katta qozonni sotib tugatishadi. Qolib ketganini esa xolodes qilib, tartibli qadoqlangan holda sotishadi.

Somsa ham faqat bitta xil, ya’ni go’shtli somsa qilinadi. Ilik sho’rva bilan non o’rnida yeyishni tavsiya qiladilar Rustam amaki.

Bugun tongda onamni olib bordim, kayfiyatlari rosa ko’tarilib chiqdilar. Bonusiga oshxona hovlisida ko’pgina qilib ekib qo’yilgan garimdoridan ham qo’shib berishdi.

O’zim shu yerni bir yillik mijoziman, asosan onamga ko’p olib kelib turaman uyga. “Quvvatlanaman shu ilik sho’rvani ichsam” deydilar.

Aslida biznes yuritishni shu yoshi katta Rustam amakidan o’rganish kerak.

Rustam amaki intizomli hayotda yashaydilar, bizneslarida hamma narsa tartibli, qo’li shirin oshpazlar, qilayotgan ovqatlaridan yuzlab odamlar shifo topyabti, tadbirli tadbirkorlar, shu yoshida ortiqcha vazni yo’q harakatchang insonlar.

Bunday o’ylab qarasam, shu insonni yoshida shunaqa hayotim bo’lsa rozi ekanman.

Xullas, shu maskandan oddiy taomlanib chiqib ketishmas, ko’p narsa o’rganaman.

@otabek_komil
Post #607 267
Solishtirish xato baribir

Bugun Geely EX-5 avtomobilini test-drive qiladigan bo’lib qoldim.

Mashina juda yumshoq ekan.

Tezlanishi zo’r va mashinaning funksiyalari ham ancha aqlli ishlangan.

Test-drive tugashi bilanoq o’z Tracker ikkimga o’tirib navbatdagi manzilim sari oshiqdim.

Avvallari, bulardan 10x qimmat mashinalar ham haydaganman. Ammo ulardan keyin darhol o’zimnikiga o’tirmagan ekanman.

Mashinamni haydab ketarkanman beihtiyor, “mashinam haqiqatda qattiq ekan-a” deb yubordim.

Nisbatan sekinroqdek tezlanadigan ham tuyuldi. Salonni ichiga qarab, “sal eskirishni boshlabtida bu model baribir” deb qoldim.

Oradan 3-4 soat o’tgach o’ylanib qoldim.

Bir ikki kun oldin ham kimdir “Tracker qattiq mashina” desa, rostmanasiga tortishardim-ku yumshoqligini isbotlayman deb.

Shu mashina 4-5 yil avval Toshkent ko’chalarida endi paydo bo’la boshlaganda, minib yurganlarga o’lguday havas qilardim-ku.

Avvalgi mashinam Nexia-3dan ancha yumshoqroqda rostdan ham.

Qolaversa turbo mator bo’lsa, ot kuchi va boshqa parametrlariga qarasam, avvalgisini oldida haqiqiy monsterku tezligi.

To’xta.

Demak, sen shukronalikdan uzoqlashyapsan Otabek.

Shu Geely EX-5ni haydab ko’rmagunincha bunchalik norozi bo’lmayotgan edingku mashinangdan.

Hayotimizdagi boshqa voqeyliklar ham aslida xuddi shunday aylanadi.

@otabek_komil
Post #606 323
Hech narsa behikmat emasligiga bugun yana bir bor guvoh bo’lyapman

O’tmishda bitta loyihaga kirib xato qilgandim.

U loyiha bilan 2 oy ishlaganmiz xolos, sababi maqsadlarimiz bir nuqtada kesishmasdi.

Keyinchalik, shu muddat davomida umrim zoye o’tgandek tuyulavergan.

Ammo bugun tongda juda bir quvonchli xabar keldiki, zoye ketganligi haqidagi fikrimdan voz kechib yubordim.

Xullas, o’sha qisqa muddat davomida o’zimga jamoa yig’ganman.

Shu jamoamga o’zim suhbatdan o’tkazib, marketolog sifatida saralab-saralab olgan ukamiz, o’sha yerda loyihaga HR sifatida qo’shilgan singlimizga uylanayotgan ekan.

Tongda menga to’ylariga taklifnoma tashlab, taklif qilishibti.

Qaysidir ma’noda shu uchrashuvga sababchi bo’libman. Ikkovi meni ko’z oldimda ilk bor tanishishganini eslayman.

Balki shu sababdan taqdirimda shu loyihada ishlab ketish yozilgan bo’lsachi deb o’ylanib qoldim.

Aytgancha, ham kuyovni, ham kelinni taniydigan birinchi to’yim bo’lyapti.

Yoshlar baxtli bo’lsin!

@otabek_komil
Post #599 419
Energiya olishning zo'r yo'li bor.

Telefoningiz yoki kompyuteringiz xotirasidagi eski video va rasmlarni ko'rib chiqish.

Ayniqsa o'zingiz tasvirga olganlarni ko'rsangiz, o'sha vaqtdagi emotsiyalaringizni eslaysiz.

Masalan, kecha roppa-rosa 3 yil oldingi iyul va avgust oylaridagi rasm videolarimni ko'rib yaxshigina energiya oldim.

O'sha vaqtlardagi energiyamga o'zimni havasim kelib ketdi.

Sal asabiylashib, siqilgan davrlarim ham bor ekan, ularni ko'rib hozirgi kunimga shukr qildim.

Zo'r tajriba. Ayniqsa storis yuritgandek telefoningizga olib yursangiz o'tayotgan kuningiz va borayotgan manzillaringiz xotira daftariga muhrlanadi.

Mayli ularni hech qayerga joylamasangiz ham, kelajakda o'tmishga qaytish uchun yaxshi bahona bo'lib beradi.

@otabek_komil
Older posts →

About this channel

How can I read @otabek_komil without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Otabek Komil: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Otabek Komil have?
Otabek Komil (@otabek_komil) has 361 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Otabek Komil know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →