Vitamin ortidagi milliardlar
O'zbekistonda so'nggi 3 yilda keskin ommalashgan industriya — bu vitaminlar bozori.
O'rganib ko'rsam, butun dunyoda talab oshib borayotgan ekan. Va keyingi 10 yilda, yana ikki baravar o'sishi kutilmoqda.
Shaharlashuv oshishi ham bunga sabablardan biri.
Odamlarga tabiiy vitaminlar har qachongidan ko'proq yetishmayapti.
Lekin yetishmaganni to'ldirishdan tashqari, profilaktika uchun ham vitamin ichayotganlar ko'paymoqda.
Bu yaxshi tendensiyami yo'qmi aniq aytish qiyin. Lekin izohlarda shunchaki Instagram qidiruviga "vitamin" so'zini yozganimdan keyingi holatni rasmini tashlab qo'ydim.
Yangi kichik vitamin bizneslari ko’payib ketgan. Iqtisodiyot qonunlari bo’yicha hammasi to’g’ri, boshlash narxi past va talab yuqori biznesga qiziqadiganlar ko’p.
Keyingi yillarda yanada o'sib boruvchi bozor, kimdir biznesga g'oya qidirib yurgan bo'lsa foydalansin ana.
O'zim shaxsan oxirgi 3 oyda, tahminan 5 milliondan ortiq pulni shu industriyaga mijoz bo’lib ishlatibman.
"Vitamino" degan brend bor, hozir bozorda men bilgan va tarmoqli retail sifatida faoliyatini yuritayotgan.
Ammo ularda ham hali aniq katta ulush yo'q, masalan Korzinkaga o'xshagan katta brend emas hali.
Aqlli tadbirkor kirib, sal pastroq narxlar va yaxshiroq servis bilan zo'r tarmoqlar qilib tashlashi hamda bozorning katta qismini egallab olish imkoniyatiga ega.
Buni orqasidan faqat xalqqa qulayroq bo'ladi. Sababi, hozirgi vitamin bozoridagi ustama tahminan 600-700% atrofida deb eshitdim.
Xulosa o’rnida, odamzot tabiatning bir qismi va tabiiy ozuqaga ehtiyoji baland. Tabiiy vitaminlar yeyishni ko’paytiraverish kerak.
@otabek_komil
Post #609
382


