Telegramda gaplashish “ma’daniyati” bo‘yicha qo‘llanma ❗️
Telegramda yozish ham alohida skill ekanini oxirgi paytlar tushunib borvommn
Shuning uchun kichkina qo‘llanma:
— “Assalomu alaykum” deb yozib, javob kutib o‘tirmang.
Salom. Nima masalada yozganingizni ham shu xabarning o‘zida yozsangiz bo‘ladi. Intriga qilish shart emas, bu serial emas.
— “Bitta savolim bor edi” demang.
Savol bo‘lsa — bering. Savol berishga ruxsat olish uchun alohida savol berish shart emas :)
— “Oka, bormisiz?”
Yo‘q, Telegramni vasiyat qilib ketganman.
Nima kerakligini yozib qoldiring. Bo‘shaganimda ko‘raman.
— Ketma-ket 7 ta xabar yubormang.
“Aziz aka”
“Assalomu alaykum”
“Yaxshimisiz”
“Ishlar yaxshimi”
“Bitta masala bor edi”
“Aytvorsam bo‘ladimi?”
“???”
Bularning hammasini bitta xabarga sig‘dirsa bo‘ladi.
— “???” yuborish javobni tezlashtirmaydi.
Aksincha, javob berish istagini sekinlashtirishi mumkin.
— Voice 5 daqiqa bo‘lsa, oldindan ogohlantiring.
30 soniyalik masalani 4:47 daqiqalik podkastga aylantirish shart emas.
— “Tezda javob bering” deb yozishdan oldin o‘ylab ko‘ring.
Siz uchun shoshilinch bo‘lgan narsa boshqa odam uchun ham avtomatik ravishda shoshilinch bo‘lib qolmaydi.
— Kontekstsiz fayl, link yoki screenshot tashlamang.
“Shuni ko‘rib bering” emas.
Nimani ko‘rish kerak? Nima haqida fikr kerak? Muammo qayerda?
— Ish bo‘yicha yozayotgan bo‘lsangiz, maqsadni boshidan ayting.
“Hamkorlik bo‘yicha yozayotgandim. Xizmatimiz mana bu. Taklifimiz mana bu.”
Tamom. Ikkala tomon ham vaqt tejaydi.
Va eng muhimi:
Telegram — eshik emas.
Xabar yuborganingiz bilan odam uni shu sekundda ochishi, o‘qishi va javob berishi shart emas.
Yaxshi kommunikatsiya — chiroyli so‘zlar emas.
Boshqa odamning vaqtini hurmat qilish.
Post #625
115
Forwarded from Aziz | Kreativ Marketing 🚀
