Instagramdagi hamma narsaga ishonmang.
Bir tanish shogirdim avtosalonda marketolog bo‘lib ishlaydi.
Bir kuni ambassadorlik uchun qaysi blogerni tanlash haqida maslahat so‘radi.
Auditoriyasi, faolligi, shartlari hammasini ko‘rib, bitta bloger/aktrisa qizni tanladik. 10 oylik kelishuv qilindi.
Kelishuv evaziga unga oldindan mashina berildi. O‘zi ham aynan shuni xohlagandi.
Oradan bir hafta o‘tdi.
Instagramni ochsam, o‘sha mashinani blogerning eri unga “sovg‘a” qilyapti.
Katta progrev.
Mashina ustida yopinchiq.
Intriga.
Syurpriz.
Qiz esa yig‘layapti.
Men esa boshqa narsaga hayron qoldim.
Bir hafta oldin avtosalondan ambassadorlik uchun olingan mashina, bugun Instagramda “erim menga mashina sovg‘a qildi” degan baxtli oilaviy voqeaga aylangandi.
Shunda yana bir marta tushundim.
Instagramda siz ko‘rayotgan hayot har doim ham haqiqiy hayot emas.
Kimningdir eri mashina sovg‘a qiladi.
Kimdir har hafta gul oladi.
Kimdir doim sayohatda.
Kimningdir oilasi ideal.
Siz esa bularni ko‘rib, o‘z hayotingiz bilan solishtira boshlaysiz.
Boshqalarning eri shunaqa...
Boshqalarning xotini bunaqa...
Biz nega bunday yashamaymiz
Lekin siz natijani ko‘ryapsiz, sahna ortini emas.
Ba’zida esa sahnaning o‘zi ham oldindan yozilgan bo‘ladi.
Instagramdagi begona odamlarning “ideal hayoti” deb, o‘zingizning haqiqiy hayotingizni qadrsizlantirmang.
Instagram bu – vitrina.
Hayot esa vitrinaning orqasida.
@muzaffarmurodov_blog
Post #618
303
Forwarded from Muzaffar Murodov | blog