TGViewer
Otabek Komil Otabek Komil @otabek_komil · 361 subscribers
Post #608 336
Ism bilan qo’yilgan oshxona bo’lsa, shunday bo’lsin!

Ilon ota masjidi orqasida shunday biznes borki, haqiqatdan qoyil qolmay iloji yo’q.

Bu biznesda hamma zanjirlar bardavom va sifatli bir biriga ulanib, motor dvigateli kabi juda yaxshi ishlaydi.

Rustam amaki har kuni 24 soatdan oshiq qaynab chiqqan bir qozon ilik sho’rva tayyorlaydilar.

Oshxonada faqat ilik sho’rva va tandir somsa bor.

Ikkalasi ham bir-biridan mazali.

Rustam amaki har bir kelgan mijoz bilan maksimal muloqotda bo’lishga, ular bilan qadrdon bo’lib ketishga urunadilar.

Yoshlari 60-70 oralig’ida chamamda. Lekin ancha tetiklar, xodimlari bilan ham ancha tartibli ishlab qo’yadilar.

Hech qanday ijtimoiy tarmoqda topa olmaysiz bu oshxonani, ammo doimiy mijoz arimaydi va hamma nomiga mos bo’lgan Rustam amakini shaxsiy brendiga ishonib kelaveradi.

Ilik sho’rva tabiiy protein va immunitet ko’taruvchi, hamda juda mazali.

Oshxona ish vaqti soat 06:00-13:00 oralig’ida. Shu vaqt ichida bir o’choqdagi katta qozonni sotib tugatishadi. Qolib ketganini esa xolodes qilib, tartibli qadoqlangan holda sotishadi.

Somsa ham faqat bitta xil, ya’ni go’shtli somsa qilinadi. Ilik sho’rva bilan non o’rnida yeyishni tavsiya qiladilar Rustam amaki.

Bugun tongda onamni olib bordim, kayfiyatlari rosa ko’tarilib chiqdilar. Bonusiga oshxona hovlisida ko’pgina qilib ekib qo’yilgan garimdoridan ham qo’shib berishdi.

O’zim shu yerni bir yillik mijoziman, asosan onamga ko’p olib kelib turaman uyga. “Quvvatlanaman shu ilik sho’rvani ichsam” deydilar.

Aslida biznes yuritishni shu yoshi katta Rustam amakidan o’rganish kerak.

Rustam amaki intizomli hayotda yashaydilar, bizneslarida hamma narsa tartibli, qo’li shirin oshpazlar, qilayotgan ovqatlaridan yuzlab odamlar shifo topyabti, tadbirli tadbirkorlar, shu yoshida ortiqcha vazni yo’q harakatchang insonlar.

Bunday o’ylab qarasam, shu insonni yoshida shunaqa hayotim bo’lsa rozi ekanman.

Xullas, shu maskandan oddiy taomlanib chiqib ketishmas, ko’p narsa o’rganaman.

@otabek_komil
More from @otabek_komil
  1. Oct 2, 2026Telegramda gaplashish “ma’daniyati” bo‘yicha qo‘llanma ❗️ Telegramda yozish ham alohida sk…
  2. Oct 1, 2026Meni ilhomlantiradigan ustozlarim! Bugungi kun munosabati bilan ustozlarim haqida shu yerd…
  3. Oct 1, 2026So'nggi 2 kun davomida, 2ta training'da bo'ldim. Biri Payme CEOsi tomonidan o'tildi, ikkin…
  4. Sep 28, 2026Shahboz Dolimov va Aziz Rahimov ikkovlarini dunyoga berilishdan saqlanishlari odamni quvon…
  5. Sep 11, 2026Jamiyat oldidagi mas’uliyat Qilayotgan ishimizning mas’uliyati qanchalik muhim ekanligini…
  6. Sep 9, 2026Instagramdagi hamma narsaga ishonmang. Bir tanish shogirdim avtosalonda marketolog bo‘lib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →