TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #929 6.6K
​​Darranda nima?

Kitoblarda, gazeta-jurnallarda parranda-darrandalar degan soʻzga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Parranda nimaligini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz: har qanday qush zoti. Uyda boqiladiganlari uy parrandasi deyiladi. Masalan, tovuq – uy parrandasi. U ham aslida qush.

Xoʻp, bu gaplar tushunarli. Lekin darranda nima?

Darranda – asli forscha soʻz, pora qilmoq, parchalamoq maʼnosidagi feʼlning hozirgi zamon shakli. Izohli lugʻatga koʻra, oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi.

1️⃣ Sutemizuvchi yirtqich, vahshiy hayvon:

Darrandalarning ayrimlari, sariq yumronqoziq va sugʻurlar qish va yozda uzoq uyquga ketadi.
“Fan va turmush”

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: yovuz, yirtqich:

Darranda dushmanlar serjahl, asabiy,
Kuchanar devorni sindiray deya.
M. Shayxzoda, “Chorak asr devoni”.

📌 Demak, darranda yirtqich hayvon, koʻchma maʼnoda esa yovuz, yirtqich deganidir.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →