Tarixiy obidalar va maydon nomlarini yozishda koʻpchilik ikkilanadi.
Masalan, nega “Xalqlar doʻstligi” saroyi qoʻshtirnoqda yoziladi-yu, Registon maydoni qoʻshtirnoqsiz?
🏛 Qoida juda oddiy:
Oʻzbek tilida joy nomlari (geografik obyektlar) oʻz maʼnosida, yaʼni joy nomi sifatida kelsa, qoʻshtirnoqsiz yoziladi.
Registon – tarixiy joy nomi, toponim. Xuddi Samarqand, Chorsu, Oloy bozori degandek. U “Turkiston” sanʼat saroyi kabi ramziy maʼnoda qoʻyilgan shartli nom emas.
Shu sababli uni qoʻshtirnoqqa olish xatodir.
📌 Demak:
✅ Registon maydoni
❌ “Registon” maydoni
⚠️ Qachon qoʻshtirnoq qoʻyiladi?
Bu nom joy maʼnosidan koʻchib, biror tashkilot yoki obyekt nomiga aylansa:
▫️ “Registon” mehmonxonasi
▫️ “Registon” supermarketi
▫️ “Registon” bekati
Lekin maydon haqida gap ketganda qoʻshtirnoq ishlatmaymiz!
#Soʻragan_edingiz
@oriftolib | Sahifalarimiz
