Oson yoʻli
Atoqli fransuz yozuvchisi Alfons Dodeni Parijda chop etiladigan “Janjal” nomli koʻcha gazetasi tahririyatiga taklif etishadi. U yerda xurmacha qiliqlari-yu oldi-qochdi maqolalari bilan tanilgan bir jurnalist Dodega shunday taklif beradi:
– Agar bizga birorta ipirisqining hayotini mayda-chuydasigacha tasvirlab asar yozib bersangiz, ming frank qalamhaqi toʻlardik.
Dode suhbatdoshining gaplarini jimgina, bosh irgʻab eshitadi. Soʻng deydi:
– Nega men yozib oʻtirishim kerak? Axir buning juda oson yoʻli bor, qalamhaqi ham yonga qoladi. Joningizni umuman koyitmaysiz – kundaligingizni eʼlon qilasiz-qoʻyasiz.
👉 Mashhurlar hayotidan
Telegram | YouTube
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3947
6.79K

- 👍 33
- 🔥 22
- 😎 8
- 🤨 4
- 💯 3