Koʻpincha: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Koʻpincha soʻzidan keyin vergul ishlatish uchrab turadi. Aslida vergul kerak emas. Chunki u ravish, ravishlar esa vergul talab qilmaydi.
Koʻpincha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Koʻp hollarda, koʻp vaqt; aksariyat.
Achchiq bodomdan koʻpincha xushboʻy efir moyi olinib, bu kosmetika sanoatida keng koʻlamda qoʻllanmoqda.
Gazetadan.
2️⃣ Tez-tez, koʻp oʻtmay.
Yodingizda bormi, koʻpincha chaqchaygan koʻzli bir yigit ishxonamizga uni soʻrab borar edi?
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.
🟢 Demak, har ikki maʼnosida ham koʻpincha soʻzi bilan vergul ishlatmaymiz.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3943
6.62K
- 👍 43
- 🔥 9
- 🤨 5