TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3833 6.27K
“Doktor” va “dotsent” qarindoshmi?

Doktor soʻzining ildizi lotinchaga borib taqalishini aytdik. Lotincha doceō – oʻqitaman, oʻrgataman soʻzi docere feʼlidan, u esa qadimgi (proto) hind-yevropa tilidagi dek – olmoq, qabul qilmoq oʻzagidan oʻsib chiqqan. Bu oʻzakdan hosil boʻlgan soʻzlar oʻzbek tilida ham anchagina.

Dotsent, doktrina, dokument, dogma kabi iboralar doktor soʻzining yaqin qarindoshlaridir. Dotsent ham doktor kabi docere feʼlidan yasalgan. Lotincha docens (docentis) oʻqituvchi, taʼlim beruvchi demakdir.

Doktrina lotincha doctrina soʻzidan, u esa lotincha doctor – oʻqituvchi, ustoz soʻzidan hosil boʻlgan. Doktor esa docere feʼlidan yasalganini bilamiz. Doktrina oʻzbekchada ilmiy yoki falsafiy taʼlimotni, asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazarni ifodalaydi.

Qadimgi hind-yevropa tilidagi dek oʻzagidan hosil boʻlgan dekan, dekada, dekabr, daha, detsimetr, detsibel, dekorativ, paradoks, sinekdoxa kabi atamalar esa doktor soʻzining uzoq qarindoshlaridir.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 33
  • 💯 4
  • 🤨 3
More from @oriftolib
  1. Oct 17, 2026Hartugul: vergul kerakmi yoki yoʻq? Har qalay, xayriyat, xayriyatki maʼnolarini anglatadig…
  2. Oct 17, 2026Shon-shuhrat juda koʻp hasadchilarni tugʻadi. — Mordva xalq maqoli @oriftolib | Sahifalari…
  3. Oct 16, 2026🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib,…
  4. Oct 15, 2026Dushga boshliq boʻlmang Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha прин…
  5. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  6. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →