TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4951 1.45K
Hartugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Har qalay, xayriyat, xayriyatki maʼnolarini anglatadigan hartugul kirish soʻz boʻlib keladi. Kirish soʻz gap boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmagani uchun vergul bilan ajratiladi:

Imtihon savollari qiyin tushdi, hartugul, vaqt yetdi.
Hartugul, yomgʻir toʻxtabdi.

Soʻz gap boshida kelganda vergul undan keyin, oʻrtada kelganda ikki tomonga, oxirida kelganda undan oldin qoʻyiladi.


Hartugul – yaxlit soʻz, qoʻshib yoziladi.

📌 Demak:

Hartugul ✅
Har tugul, har-tugul ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 26
  • ⚡ 4
More from @oriftolib
  1. Oct 17, 2026Shon-shuhrat juda koʻp hasadchilarni tugʻadi. — Mordva xalq maqoli @oriftolib | Sahifalari…
  2. Oct 16, 2026🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib,…
  3. Oct 15, 2026Dushga boshliq boʻlmang Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha прин…
  4. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  5. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
  6. Oct 15, 2026“Yanada toʻliq” nima degani? Rasmiy xabarlarda yanada toʻliq taʼminlash degan yangi ibora…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →