“Birodar” soʻzi haqida
Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.
➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.
➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.
Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.
“Shevashunos”dan.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2496
19.4K

- 👍 51
- 😱 2
- 🔥 1
- 🤨 1