Birodar so'zi haqida
Bu ot asli 'tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha so'z. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan o'tgan ko'rinadi.
➡️ Birādar بُرَادر yoki burādar بِرَادر so'zlari bilan bir xildir. Bu so'z Avesto va eski forscha brātar so'zidan kelib chiqqandir. Yana Sanskritcha bhrātr भ्रातृ so'zi bilan bir negizdir.
➡️ Hind-yevropa tillaridagi *bʰréh₂tēr (*bʰrātēr) ham yuqoridagi so'z bilan bir xil. Umumiy negizdan rivojlangan ushbu so'z qolgan hind-yevropa tillarida quyidagicha: Kurtcha (Kurmancha) bira; Lotincha frater; İtalyancha fratre; Fransuzcha frère; İnglizcha brother; nemischa Bruder; Eski Slavyancha braty kabi.
➡️ Hozirgi o'zbek tilida aka-uka ma'nosi bilan bir qatorda, eng ko'p do'st, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qo'llaniladi!
@shevashunos
Post #334
3.56K

- 👍 10
- 🔥 5