TGViewer
Channel Public Channel
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

@shevashunos

Dr. Avazxon Umarov

O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han
İnstagram: https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
Subscribers
1.76K
Photos
382
Videos
45
Links
201
Recent Posts 17 shown
Post #1132 217

Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi

«Тўйтепа» шаҳри — «Нурафшон», «Бўз» тумани — «Бўстон» бўлди. Шундай тарихий жой номларини ўзгартириш мумкинми?» — деган саволга шарқшунос, Филология фанлари доктори, профессор Қосимжон Содиқов жавоби...

«Ўртада бегона йўқ» подкастининг навбатдаги сони «Туркий дунё: илдизлар ва истиқболлар» мавзусига бағишланди.

«Маданият ва маърифат» каналида — тез кунда!

@Rustam_MIRVOKHID
  • 👍 9
  • 👏 4
  • ❤ 1
Post #1131 767
👆Yuqorida berilgan mavzular doirasida Turkiyadagi Alisher Navoiy vaqfi maqolalar tanlovi e'lon qiladi.
Qabul qilingan turk tilidagi maqolalar bepul nashr qilinib, mualliflarga qalam haqi to'lanadi.
  • 👍 5
Post #1130 788

Forwarded from Avazxon Umar

MAQOLA CHORLOVI

Mavzu: "Davlat arbobi va boshqaruvchi sifatida Alisher Navoiy"


Alisher Navoiy vaqfi (nevayivakfi.org) buyuk mutafakkirning davlat arbobligi, diplomatiya tushunchasi, adolat falsafasi va burokratiya boshqaruvi haqidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashrga taklif etadi.

🔹 Asosiy yo‘nalishlar:
• Temuriylar saroyi burokratiyasida Navoiyning o‘rni
• Adolat va ideal hukmdor konsepsiyasi
• Bunyodkorlik, vaqf va ijtimoiy siyosat faoliyati
• Sulton Husayn Boyqaro va Navoiy munosabatlari
• Diplomatik va siyosiy vositachilik roli

🗓 Muhim sanalar:
• Tezis topshirish oxirgi muddati: 01.11.2026 (Kamida 300 so‘z)
• Qabul qilingan tezislar e'loni: 06.11.2026
• To‘liq matn topshirish: 01.03.2027

💡 Hakamlar tomonidan qabul qilingan maqola mualliflariga qalam haqi (gonorar) to‘lanadi.
Maqolalar turk tilida qabul qilinadi.

📩 Aloqa va maqola topshirish: nevayiserisi@gmail.com
  • 👍 5
  • 🔥 5
Post #1129 590

Forwarded from Etimologiya burchagi

Turkiyaning Karabuk universiteti Turkiy dunyo tadqiqot va amaliyot markazi “Filologiya va Madaniyat Masalalari (ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami № 6)” uchun maqolalar qabul qiladi.

Yo‘nalishlar:
▶️ tilshunoslik;
▶️ adabiyotshunoslik;
▶️ madaniyat, tarix, san’at;
▶️ pedagogika, psixologiya;
▶️ jamiyatshunoslik, dinshunoslik;
▶️ turizm, geografiya, etnografiya;
▶️ antropologiya;
▶️ musiqashunoslik.

Maqolalar o‘zbek tili (lotin alifbosida) bilan bir qatorda barcha turkiy tillarda yoki ingliz tilida qabul qilinadi.
O'zbek tilidagi maqolalarga 1 sahifalik kengaytirilgan annotatsiya yozish so'raladi.

• Maqolalar joriy yilning 30 noyabriga qadar qabul qilinadi.
• Maqolalar to‘plamining nashr etilishi: dekabr 2026- yil

Murojaat uchun: 📧 saidbekboltabayev@gmail.com
  • 👍 6
  • 🔥 5
Post #1128 689
Mustaqilligimizning 35 yilligi qutlug’ bo’lsin!
O'zbekistonning mustaqilligi har sohada boqiy bo'lsin! Barchamiz moddiy va ma'naviy mustaqil O'zbekiston uchun harakat qilaylik! Bayram qutlug' bo'lsin, azizlar!
@shevashunos
  • ❤ 5
  • 🎉 4
  • 👍 2
  • 🤩 1
Post #1127 708
Sukunat ham bir ibodat. Bu haqida olimlar, avliyolar so’z aytganlar. Sukut - ruhning parvozidir. İnson qanchalik ko’p gapirsa, haqiqatdan shunchalar uzoqlashadi. O’sha mashhur “ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil” jumlasida ham sukut bor. İbn Arabiyga ko’ra sukutning ikki turi bor: Til sukuti va Qalb sukuti.
Siz sukunat haqida nimalar bilasiz?
@shevashunos
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 4
Post #1126 722
Non
Non haqida qanday ibora, maqol bilasiz? İzohlarda misollar keltiring. Bir tadqiqot uchun fikringiz, yordamingiz muhim!
Masalan:
Nondek aziz bo’l!
Nonini topmoq
Non ursin (qasam)
Non sindirmoq
Yoki dasturxonda non bilan bog’liq qanday odatlar bor? Nonga tegishli kitob, maqola bo’lsa, uni ham shaxsiydan yuborishingiz mumkin.
@shevashunos
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #1125 711
Mustaqillik
Turkiy dunyoda jumladan,
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Sharqiy Turkiston, Tatariston va Boshqirdistonda “mustaqillik” so’zi bir xil ildizga ega bo‘lib, "Mustaqillik" (Müstəqillik / Mustaqilliq) shaklida qo‘llaniladi.
Turkiyada "Bağımsızlık", Turkmanistonda "Garaşsyzlyk", Qozog‘istonda "Təuyelsizdik", Qirg‘izistonda "Egemendүүlүk" so‘zlari ishlatilsa-da, bu so‘zlarning zamiri bir xil — "hech kimga tobe bo‘lmaslik va o‘z erki o‘z qo‘lida “ ma’nosini bildiradi
@shevashunos
  • 🔥 6
  • ❤ 5
  • 👍 5
Post #1122 1.41K
Kitob sovg’a berishni va olishni yaxshi ko’raman! Do’stimiz Shahriyor Shavkat bobolarimizning huzurida yozgan “Hirotga, bobomning huzuriga!” kitobini sovg’a qildi. Muallif bir qancha moddiy va ma’naviy mashaqqatlar ortidan ichonchli dalillarga asoslangan holda muhtasham kitobni tamomlabdi. Ushbu Safarnomani o’qir ekansiz, Alisher Navoiy, Bobur, Lutfiy, Beruniy va boshqa olimlar kezgan yo’llardan yurasiz. KİTOB adabiyot ahliga, kitobxonlarga muborak bo’lsin! Albatta o’qib ko’ringlar! Shahriyor, qalamingiz o’tkir bo’lsin!
@shevashunos
  • ❤ 9
  • 👍 8
  • 🔥 4
Post #1121 792
Avgust — hayajon va quvonchga boy ajoyib oy!
Nega bunday deyayotganimni darrov sezgandirsiz? Axir universitetga kirish imtihoni natijalari ayni shu oyda e’lon qilinadi-da! Har holda, bizning davrimizda (2006-yilda) shunday edi.
Men o‘qishga kirgan yili, adashmasam, mandat 16-avgust kuni chiqqan edi. O‘sha jonajon Sharqshunoslik universitetiga 186 ball to‘plab, grant asosida o‘qishga qabul qilinganman! O‘shanda quvonchimning chek-chegarasi yo‘q edi...
Xo’sh, sizda bu jarayon qanday kechgan? Qaysi yili va qaysi universitetga o‘qishga kirgansiz? Keling, o‘sha beg’ubor talabalik xotiralarini yodga olaylik!
@shevashunos
  • ❤ 12
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #1120 768
Turkiy xalqlarni birlashtiruvchi tashkilotlar
1. Turk davlatlari tashkiloti (TDT): A’zo mamlakatlar (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) hamda kuzatuvchilar (Vengriya, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sheriklikni boshqaradi.

2. TURKSOY (Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti): Turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va dunyoga targ‘ib etish uchun mas’uldir.
3. TURKPA (Turkiy davlatlar parlament assambleyasi): A’zo mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari (parlamentlari) o‘rtasida diplomatiya va huquqiy hamkorlikni ta’minlaydi.
4. Turkiy Akademiya: Turkiy dunyoning mushtarak tarixi, tili, adabiyoti va fani bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
5. Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi: Turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniy merosini muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Siz yana qaysilarini bilasiz?
@shevashunos
  • ❤ 10
  • 🔥 5
  • 🤩 3
  • 👎 1
Post #1119 944
Assalomu alaykum, aziz obunachilar! Yaxshimisizlar? Oxirgi ijodiy postimni 12-iyunda qo’ygan ekanman. Salkam ikki oy bo’libdi. Ba’zi ijodiy, ilmiy va shaxsiy ishlar bilan band bo’lib qolgan edim. Bundan keyin tez-tez yozib turaman. Sizlar nima bilan shug’ullanyapsizlar? İzohlarda yozishaylik✍️
  • 👍 12
  • ❤ 8
  • 🔥 2
Post #1118 1.28K
Abituriyentlar pasport va maktab shahodatnomasi  yoki kollej diplomi va muvofiqlik hujjati ( Denklik belgesi) bilan hujjat topshirishlari mumkin.
Türk yoki İngliz tilini B2 saviyada bilsihlari talab qilinadi (Sertifikat bilan) bilmasa onlayn shaklda oʻrgatiladi.
Kirish imtihonsiz  , muloqot asosida qabul qilinadi

Yillik kontrakt toʻlovi (250$)
3 mln soʻm atrofida

Darslar zoom orqali ,jonli shaklda yetuk mutaxassislar tomonidan olib boriladi, oraliq va yakuniy imtihonlar esa yuzma yuz Toshkentda oʻtkaziladi
Oʻzbekiston rasmiy ofisi manzili:
Uchtepa Tumani Archazor koʻchasi Kichik Halqa yoʻli 3
+998 97 017 43 32
  • 👍 8
  • ❤ 2
Post #1117 1.13K
Dunyodagi 3 - Mega Unuversitet, Masofadan Ta'lim tajribasi va sifati boʻyicha Turkiya Jumhuriyatidagi birinchi raqamli Davlat Universiteti, minglab va millionlab talabaga ega va bitiruvchilarni chiqargan Anadolu Universitetiga qabul boshlandi

Bu Universitetda siz dunyoning istalgan joyidan turib masofadan taʼlim olishingiz va oliy maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Universitetning dunyoning 41 ta oʻlkasida rasmiy ofislari faoliyat koʻrsatmoqda.
Jumladan Oʻzbekistonda ham 4- yil faoliyatini davom ettirmoqda
Post #1116 1.26K
Buni turkchada “seyahat yastığı”- sayohat yostig’i “ deyishadi. O’zbekchada ruscha yoki boshqa ajnabiy tildagisi ishlatilsa kerak. Bugundan boshlab “sayohat yostig’i” desak bo’ladimi? Fikr va mulohazalaringizni kutaman! Taklif bo’lsa aytinglar! İzohlarni qizdiringlar😊
@shevashunos
  • 👍 24
  • ❤ 8
  • 👏 1
Post #1113 1.51K
#xolistavsiya

Ilmiy ish yozayotgan tadqiqotchilarning aksariyati sohasiga doir adabiyotlar yetishmasligidan qiynalishadi...

Magistraturaga kirishda o‘rgangan turk tilingizni ishlatish vaqti keldi. Muammoga yechim sifatida boy ilmiy manba va adabiyotlarga ega turkcha kitoblar dunyosiga yo‘l ko‘rsatmoqchiman...

Sitora uch yildan beri Anqara shahrida oilasi bilan yashab, “Türkiye Bursları” grandi asosida magistratura o‘qiyapti, ikki nafar farzandi bor.

Oila, uy ishlari va darslaridan tashqari O‘zbekistonga turk tilidagi kitoblarni topib jo‘natisharkan. Siz so‘ragan kitobni topib berishadi yoki ilmiy tadqiqotingiz mavzusiga qarab adabiyotlar qidirishda ham yordam berishadi.


Yangi holatda sotuvi tugagan manbalarni ikkinchi qo‘l sahhoflardan ham olib berisharkan. Buyurtma bersangiz bo‘ldi, Anqaradan sizga yaqin pochta ofisigacha bepulga yuborishadi!

“Türkkitap” onlayn do‘koniga havola:

https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6

https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6

https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6
  • 👍 8
  • 🔥 6
  • ❤ 3
  • 👏 2
  • 🤩 1
Post #1112 1.2K

Forwarded from HAYOT DEGANLARI...

“Кел, эй сарбон…”

📜Маъруфжон Йўлдошев таржимаси

🎙Матнни телебошловчи ва актёр Ойбек Тоҳиров ўқиди

🎞Bидеони Оғабек Тоҳиров тайёрлади

📍Ушбу видео Жайҳун соҳилида таcвирга олинди

♻️
@hayot_deganlari
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @shevashunos without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar have?
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar (@shevashunos) has 1.76K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →