Turkiy xalqlarni birlashtiruvchi tashkilotlar
1. Turk davlatlari tashkiloti (TDT): A’zo mamlakatlar (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) hamda kuzatuvchilar (Vengriya, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sheriklikni boshqaradi.
2. TURKSOY (Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti): Turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va dunyoga targ‘ib etish uchun mas’uldir.
3. TURKPA (Turkiy davlatlar parlament assambleyasi): A’zo mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari (parlamentlari) o‘rtasida diplomatiya va huquqiy hamkorlikni ta’minlaydi.
4. Turkiy Akademiya: Turkiy dunyoning mushtarak tarixi, tili, adabiyoti va fani bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
5. Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi: Turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniy merosini muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Siz yana qaysilarini bilasiz?
@shevashunos
Post #1120
834

- ❤ 10
- 🔥 5
- 🤩 3
- 👎 1