Barcha ustozlarga bayram qutlug‘ bo‘lsin! O‘qituvchisi e'zozlangan jamiyat aslo kam bo‘lmaydi.
Ustoz
Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk, degan buyuk qoida
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.
Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.
Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri. @shevashunos
Post #1133
234
- 👍 8
- ❤ 7