Nega faylasuf boʻlmaganlar ham falsafa doktori boʻladi?
Falsafa doktori Yevropaning koʻpchilik davlatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda beriladigan ilmiy darajadir. Oʻzbekistonda ham oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning ikki pogʻonali tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Dissertatsiya yoqlagan tadqiqotchilar falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻladi.
Xoʻsh, nega fanning boshqa yoʻnalishlarida, deylik, matematika, fizika, geografiya yoki pedagogika boʻyicha ilmiy ish qilgan kishilar ham falsafa doktori boʻladi? Ular falsafa bilan shugʻullanmaydi yoki ilmiy ishida falsafiy qarashlarni bayon etmaydi-ku?
Hammasi tarixga borib taqaladi. Oʻrta asr Yevropa universitetlarida uch xil yoʻnalishda – ilohiyot, huquq va tibbiyot boʻyicha taʼlim berilgan, ilmiy faoliyat olib borilgan. Vaqtlar oʻtishi bilan ilohiyot boʻyicha doktorlik darajasini olish kamaygan, huquq va tibbiyot yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlar koʻpaygan. Bu sohalar tarixan falsafa deb atalgan. Ana shu holat falsafa doktori atamasida oʻz izlarini qoldirgan.
Dastlab universitetlar falsafa doktori darajasini ilmiy sohada muntazam va samarali faoliyat yuritib, tengdoshlarining eʼtiborini qozongan kishilarga bergan. Odatda bunday darajaga oʻrta yoshli kishilar erishgan.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3829
5.2K