Falsafa va faylasuf
Falsafa va faylasuf soʻzlari ovroʻpocha qiyofada emasligi, koʻzimizga issiq koʻrinayotgani arab tili taʼsiriga tushgani sabablidir. Falsafa yunoncha philosophia – donishmandlikni sevaman soʻzidan hosil boʻlgan. Faylasuf esa philosophos – donolikni sevuvchidir. Tilimizda shu oʻzakdan yasalgan, lekin asl qiyofasini saqlagan boshqa soʻz ham bor – filolog, filologiya.
Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. U olam va unda insonning tutgan oʻrni haqidagi gʻoyalar, dunyoqarashlar tizimini ham anglatadi. Soʻzlashuv tilida mavhum fikr, quruq safsata maʼnosida ham qoʻllanadi. Darvoqe, safsata soʻzi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunoncha sophisma – ayyorlik qilish, aldash soʻzlaridan hosil boʻlgan.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3266
6.02K

- 🔥 20
- 👍 15
- 😎 2