Inson va odam
Baʼzi maʼnodosh soʻzlarning juda nozik maʼno farqlari bor. Birining oʻrnida boshqasini qoʻllash toʻgʻri emas. Bu qoida inson, odam, kishi, shaxs, kimsa soʻzlariga ham tegishli. Ushbu maqolachada asosiy eʼtiborni inson soʻziga qaratamiz.
Bu maʼnodoshlardan kimsa soʻzi salbiy maʼnoda qoʻllanishi mumkin. “Izohli lugʻat”da berilgan misollarda ijobiy-neytral maʼnoda ishlatilgan. Inson soʻzida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan ulugʻvorlik, yuksaklik bor. Ammo uni ham salbiy maʼnoda qoʻllash mumkin: “Xoʻ, inson, bu nima nomaʼqulchilik, tilsiz jonivorda nima qasdingiz bor?!”
Inson soʻzi oʻrnida koʻp hollarda odam soʻzini ishlatish mumin. Lekin kishi, shaxs, kimsa soʻzlarining oʻz xos oʻrinlari bor. Deylik, shaxs jamiyat bilan bogʻliq hollarda, kishining oʻzligini namoyon etishi kabi vaziyatlarda qoʻllanadi. Masalan:
1️⃣ Inson zoti (odamzot) qadam qoʻymagan orolcha topildi.
2️⃣ Har bir inson (odam, kishi) taʼlim-tarbiyaga jiddiy eʼtibor qaratishi kerak. (Bu oʻrinda inson yoki odamdan koʻra kishi soʻzini ishlatgan maʼqul. Ammo inson va odam soʻzini ishlatish ham xato emas.)
3️⃣ Inson – aziz, inson – mukarram. (Bu oʻrinda hatto odam soʻzini ishlatish ham unchalik toʻgʻri emas. Boshqa sinonimlarni esa mutlaqo ishlatib boʻlmaydi.)
Davomi:
👉 “Inson” soʻzini qoʻllashdagi xatolar
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2096
3.62K