TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2099 4.05K
“Inson” soʻzini qoʻllashdagi xatolar

Inson soʻzini qoʻllash xato boʻlgan oʻrinlar ham bor. Masalan:

1️⃣ Alp Er Toʻnga – tarixiy shaxs. (Bu oʻrinda maʼnodoshlardan faqat shaxs soʻzini ishlatish mumkin.)

2️⃣ Er kishi ayoliga yumshoq muomala qilishi kerak. (Bu oʻrinda boshqa sinonimlarni qoʻllab boʻlmaydi.)

3️⃣ Faqat jigʻildonini oʻylaydigan kimsalar daraxtlarni kesib, pullab yubordi. (Bu oʻrinda kimsa soʻzini qoʻllash eng toʻgʻrisidir.)

OAV va ogʻzaki tilda yoʻl qoʻyilayotgan xatolarga eʼtibor qaratamiz:

1️⃣ Ayni damda bir insonimiz qoʻngʻiroq qilib, bizga bogʻlandilar.

Bu gapni “Hozir bir muxlisimiz (tinglovchimiz, tomoshabinlarimizdan biri) qoʻngʻiroq qilib, bizga bogʻlandilar”, deb ishlatish toʻgʻri boʻladi.

Shu ifodaning boshqa koʻrinishlari ham bor. Masalan, “Bir insonimiz keldilar”, “Tejamkorlikning ahamiyatini toʻgʻri anglagan insonlarimiz isrofdan tiyiladilar”. Birinchi misolda bir soʻzini ham olib tashlab, mehmonimiz, biz kutgan kishi, ikkinchi misolda esa kishilar yoki soʻzni toʻla qisqartirib toʻgʻri anglaganlar deyish mumkin.

Izoh: inson hech kimniki boʻlmaydi. Shunday ekan, insonim, insoning, insoni, insonimiz, insoningiz, insonlari deyish xato. Qadrdli insonim deb yozish oʻrniga qadrdonim yoki azizam deyish toʻgʻri va mantiqli.

2️⃣ Tadbirga juda koʻp insonlar keldi. Bu jumlada eng mos soʻz kishidir. -lar qoʻshimchasi ham ortiqcha, chunki koʻp soʻzida koʻplik maʼnosi ifodalab boʻlingan. Yoki odam soʻzini ham ishlatish mumkin.

Endi shu jumlaning sal oʻzgargan shakliga eʼtibor qaratamiz: Tadbirga juda koʻp taniqli insonlar keldi. Bu oʻrinda ham eng toʻgʻri tanlov kishi soʻzidir: Tadbirga juda koʻp taniqli kishilar keldi.

Boshlanishi:
Inson va odam

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 23
  • 🔥 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →