TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3803 15.3K
Qachon tire ishlatilmaydi?

Bilasiz, ot kesimli gap bogʻlamasiz qoʻllanganda ular orasiga tire qoʻyiladi:

Asosiy maqsadim – mohiyatni tushuntirish.

🟢 Lekin ot kesimli gapda har doim ham tire ishlatilavermaydi. Xoʻsh, qaysi holatlarda tire kerakmas?

1️⃣ Ot kesim inkor shaklida boʻlsa; ot va kesim orasida kirish soʻz, undov soʻzlar, yuklamalar kelsa:

Bundan maqsad oʻquvchini chalkashtirish emas.
Eng yaxshi sovgʻa, menimcha, kitob.
Piyoda ham odam.


2️⃣ Ot kesimli gap turgʻun birikmaga – ibora yoki idiomaga aylangan boʻlsa:

Insonning qoʻli gul.

3️⃣ Ega kishilik olmoshlari bilan; ot kesim sifat, ravish, tartib son, qoʻshimchali miqdor son yoki egalik olmoshi bilan ifodalanganda:

Sen Lutfiyning soʻlim gʻazali.
Daftarning rangi yashil.
Uning harakati tez.
Sening navbating toʻrtinchi.
Matndagi xatolar soni sakkizta.
Eti sizniki, suyagi bizniki.


4️⃣ Ot kesim soʻroq olmoshlari yoki yuklamali soʻzlar bilan ifodalanganda:

Imtihon qachon?
Savol bergan kim?
Eng ilgʻor oʻquvchi Saidami?


5️⃣ Ot kesimga kelishik qoʻshimchalari qoʻshilgan boʻlsa:

Kuch adolatda!
Kuch bilim va tafakkurda!


❗️ Ammo bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi tushib qolsa, ikkinchi gapdagi egadan keyin tire qoʻyiladi:

Ayrilgan yoʻlda qolar, boʻlingan – doʻlda.
Bulbul chamanni sevar, odam – vatanni.


@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 49
  • 🔥 10
  • 😱 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →