TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2302 8.87K
​“Bu” va tire

Bu koʻrsatish olmoshi bilan koʻp tire ishlatiladi. Masalan:

Bu – kitobning alohida beti.

Bunday paytlarda bu ot kesimli gapning egasi boʻlib keladi. Bu olmoshi baʼzan egani izohlaydi. Nimagadir, balki rus tilidan tarjimalar taʼsiridadir, bunday holatlarda olmoshdan oldin tire qoʻyish urf boʻlgan.

❗️ Ammo tireni koʻrsatish olmoshidan keyin qoʻyish toʻgʻri. Solishtiring:

Bu – kitobning alohida beti.
Sahifa bu – kitobning alohida beti.


Agar tireni bu olmoshidan oldin qoʻysak, sahifa aynan koʻrsatilayotgan, ishora qilinayotgan kitobning beti boʻlib qoladi:

Sahifa – bu (aynan mana shu) kitobning alohida beti.

Koʻp hollarda olmoshning bahridan bemalol kechvorish mumkin:

Sahifa – kitobning alohida beti.

Tireni koʻrsatish olmoshlaridan oldin qoʻllash holatlari kitoblar, ensiklopediyalar va hatto darsliklarda ham uchraydi. Odatlanilgan xatoni tushunish va toʻgʻrilash qiyin boʻladi. Biroq baribir toʻgʻrilash kerak.

📌 Demak:

Biologiya bu – hayot haqidagi fan. ✅
Biologiya – bu hayot haqidagi fan. ❌

Toʻgʻri savol berish bu – masalaning yarim yechimi. ✅
Toʻgʻri savol berish – bu masalaning yarim yechimi. ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 59
  • 🔥 12
  • 😱 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →