TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1651 4.86K
Oʻrta dengiz

Tinch okeani deyish xatoligi, Tinch okean shakli toʻgʻri ekani haqida yozganimda koʻpchilik hayratga tushgandi. Baʼzilar hatto gʻazablanib ham ketdi 🙃. Toʻgʻri deb ishonganingni xato deyishsa, alam qiladi-da. Bugun shunga oʻxshash yana bir maʼlumot bilan boʻlishmoqchiman. Toshpoʻlat tajanglar tirsagini tishlashga tayyor turaversalar ham boʻladi.

Afrika va Yevropa qitʼalari orasida bir dengiz bor, nomi – Oʻrta dengiz. Uni oʻzbekchada koʻpchilik Oʻrtayer dengizi yoki Oʻrta Yer dengizi shaklida xato ishlatadi. Manaman degan nashrlar, kitoblar, hatto qoʻllanmalarda ham uchraydi bu holat. Lekin milliy ensiklopediya va ensiklopedik lugʻatni varaqlab koʻrsangiz, dengiz haqidagi mavzuga Oʻrta dengiz deb sarlavha qoʻyilganiga guvoh boʻlasiz. Ayni shu shaklda ishlatish toʻgʻri.

Oʻrtayer, Oʻrta yer yoki Oʻrta Yer dengizi deyish nima uchun xato? Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu yerdagi mazmunga koʻra, yer oʻrtada boʻlib qolyapti. Aslida oʻrtada yer emas, suv havzasi bor. Gap dengiz oʻrtasidagi yer haqida emas, ikki yer yoki ikki quruqlik oʻrtasidagi dengiz haqida ketyapti.

Unda nega bunday ifoda paydo boʻlgan va keng yoyilgan? Menimcha, ruscha Sredizemnoye more atamasi yanglish tarjima qilingan va keyinchalik eʼtiborsizlik tufayli bu xato ommalashgan.

Garchi ensiklopediyaning dengizga atalgan maqolasida Oʻrta dengiz deyilgan boʻlsa-da, kitob ichidagi baʼzi maqolalarda Oʻrtayer dengizi, Oʻrta Yer dengizi kabi ifodalar qoʻllangan. Bunga ensiklopediya maqolalarini yuzlab mualliflar yozgani sabab boʻlsa kerak. Juda katta hajmli kitobni tahrirlash, barcha jildlardagi atamalar va toponimlarni solishtirib, birxillashtirib chiqish anchagina qiyin ish, albatta. Keyingi nashrlarda tuzatib qoʻyilsa, nur ustiga nur boʻlardi.

Xoʻsh, Oʻrta dengiz deyish nima uchun toʻgʻri? Dengiz ham ikki quruqlik oʻrtasida, ham Yer sharining oʻrta qismida, ekvatorial hududda joylashganini hisobga olsak, Oʻrta dengiz nomi unga quyib qoʻygandek mos tushadi.

📌 Demak:

Oʻrta dengiz ✅

Oʻrtayer dengizi, Oʻrta Yer dengizi, Oʻrta yer dengizi ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​Tinch okean Bu okean nomini yozishda koʻp xato qilamiz. Oʻzim ham Tinch okeani deb yozish xatoligini bilgunimga qadar shunday yozardim. Nega Tinch okean degan soʻz toʻgʻri? Tinch soʻzi sifat sanaladi va sifatlovchidan keyingi ot egalik qoʻshimchasini olmaydi.…
  • 👍 6
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →