TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1346 33.1K
​Tinch okean

Bu okean nomini yozishda koʻp xato qilamiz. Oʻzim ham Tinch okeani deb yozish xatoligini bilgunimga qadar shunday yozardim. Nega Tinch okean degan soʻz toʻgʻri?

Tinch soʻzi sifat sanaladi va sifatlovchidan keyingi ot egalik qoʻshimchasini olmaydi. Masalan, yashil daftar, katta kitob kabi birikmalarni yashil daftari, katta kitobi demaymiz. Bu shaklda ishlatadigan boʻlsak, oldinroqda egalik qoʻshimchasi talab etadigan ot yoki otlashgan soʻz kerak:

Oʻquvchining yashil daftari bor.

Agar ot tushib qoladigan boʻlsa ham, uning borligini mazmundan bilib turamiz:

Yashil daftari bor.

Demak, kimningdir yashil daftari bor.

Yuqoridagi jumlalarda daftar soʻzidagi egalik qoʻshimchasini oʻquvchi soʻzi yoki gapda aks etmagan yashirin ega talab qilyapti. Agar ega boʻlmasa, egalik qoʻshimchasi ham kerak emas.

Tinch okean soʻzi ingliz tilida Pacific Ocean, ruschada Tixiy okean boʻladi. Har ikki tilda ham tinch soʻzi sifat boʻlib kelyapti. Demak, Tinch nomli okean degan mazmun anglashilmayapti.

Tinch okean birikmasi qanday okean? soʻrogʻiga javob boʻladi. Eʼtibor bersangiz, Shimoliy Muz okeani nomida shimoliy soʻzi sifat boʻlsa-da, undan keyin muz soʻzi kelyapti. Muz ot soʻz turkumiga mansub va undan keyingi soʻz egalik qoʻshimchasi olishi – toʻgʻri.

Nimagadir Janubiy okean nomida Tinch okeandagi kabi xatoga yoʻl qoʻymaymiz. Uni Janubiy okeani deb atamaymiz.

Agar Tinch okeani deyishni toʻgʻri deb qabul qiladigan boʻlsak, Janubiy okeanni Janubiy okeani, Qora dengizni Qora dengizi deyishimiz kerak. Bu esa oʻzbek tili nuqtayi nazaridan xatodir.

Tinch okeani deyish juda urf boʻlgan. Hatto oʻzbekcha Vikipediya ham, Google ham bu iborada xatoga yoʻl qoʻyadi. Biroq milliy ensiklopediyada ummon nomi toʻgʻri yozilgan: Tinch okean.

📌 Demak:

Tinch okean ✅
Tinch okeani ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 7
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →