TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3765 8.75K
Taxminan: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Baʼzi vergulsevarlar taxminan soʻzini kirish soʻz deb hisoblab, ikki yoniga vergul qoʻyib, oʻrab-chirmab tashlaydi. Aslida vergul kerak emas.

Taxminan arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada taxminga koʻra; chamalab, taxmin qilib olganda maʼnolarini anglatadi:

Ular bir-biridan taxminan bir yosh-bir yarim yosh farq qiladi.
F. Musajonov, “Nozik masala”.

Qamchi oxirgi marta qatorasiga oʻq otilgan joyni taxminan moʻljalga olgan boʻlsa ham, toʻqayga kirganda moʻljaldan adashdi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.

Oʻzi punktatsiyamiz vergulga toʻla. Keraksiz oʻrinlarda vergul ishlatib, matnni chaman vergulzorga aylantirmaslik kerak. Menga qolsa, koʻp oʻrinlarda, masalan, modal soʻzlar bilan umuman vergul ishlatmaslikni joriy qilardim. Lekin boʻlar ish boʻlgan, boʻyogʻi singgan. Qiyin masala.


@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 57
  • 💯 9
  • 🔥 4
  • 🤨 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →