TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3395 6.49K
Kapalakning zaif qanotlari

Tokcha chetida bir pilla qolib ketgan edi. Unda kichkina tirqish paydo boʻldi. Uy egasining koʻzi toʻsatdan shu pillaga tushib qoldi va kapalak uni qanday qilib yorib chiqishga urinayotganini kuzata boshladi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Kapalak urinishdan toʻxtaganga oʻxshar, tirqishning kattaligi esa oʻzgarmaganday edi. Goʻyo u qoʻlidan kelgan hamma ishni qilgan-u, bu yogʻiga madori umuman qolmaganday edi.

Odam unga yordam berishga qaror qildi. Qalamtaroshini oldi-da, pillani kesib, teshikni kattaytirdi. Kapalak shu zahoti tashqariga chiqdi. Lekin uning tanasi judayam kuchsiz va nimjon edi, nozik qanotlari zoʻrgʻa qimirlardi.

Uy egasi kuzatishda davom etdi. Kapalak hozir qanotlarini yoyadi-da, uchib ketadi, deb oʻyladi u. Ammo hech bir oʻzgarish boʻlmadi!

Kapalak umrining qolgan qismini oʻlimsangi tanasi va ochilmagan qanotlarini yerga sudrab oʻtkazdi. Ucha olmadi.

Nega bunday boʻldi? Chunki unga yordam bermoqchi boʻlgan odam pillaning kichkina tirqishidan chiqish uchun kapalakka qoʻshimcha vaqt va kuch kerakligini anglamadi. Tanasidan yetib kelgan suyuqlik kapalakning qanotlarini harakatga keltirar, u shundagina ucha olardi. Hayot uning oldiga ana shu qobiqni yorib chiqish mashaqqatini qoʻygan, evaziga esa oʻsish-rivojlanishni vaʼda etgan edi.

Jismoniy-maʼnaviy jihatdan bir pogʻona yuqorilash, tajriba orttirib, oʻz yoʻlimizni topish uchun baʼzida qiyinchiliklarga ehtiyoj sezamiz. Ularsiz biz gʻoʻr va moʻrt boʻlib qolamiz. Agar ularni sabr-bardosh, matonat bilan yengmasak, oʻz kuchimizga, Xudo bergan qobiliyatimizga ishonmasak, hech qachon chiniqa olmaymiz. Imkoniyatlarimiz, iqtidorimiz kapalakning zaif qanotlari kabi foydasiz boʻlib qoladi.


“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 7-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Unutilayotgan soʻzlar: izma Kiyim, yostiq jildi va shu kabilarning tugma oʻtkaziladigan teshigini nima deb ataymiz? Koʻpchilik qatori siz ham bilmasangiz kerak. U izma deyiladi: izma ochmoq, izmasini tikmoq. Fotima zanglab, koʻkarib ketgan mis tugmani izmadan…
  • 👍 41
  • 🔥 6
  • 😢 4
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →