TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1634 31K
​Oʻzlashma soʻzlar: motivatsiya

Motivatsiya
soʻzini qoʻllash oxirgi paytlar juda urf boʻldi. Lekin bu soʻz izohli lugʻatga ham, milliy ensiklopediyaga ham, hatto imlo lugʻatlariga ham kiritilmagan.

Motivatsiya lotincha movēre soʻzidan, asliyatda harakatga keltirmoq degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida esa quyidagi maʼnolarga ega:

1️⃣ Harakatga xohish uygʻotish.

2️⃣ Insonning xatti-harakatini boshqaruvchi, unga yoʻnalish, tashkilotchilik, faollik va sabot beruvchi ruhiy-fiziologik jarayon.

3️⃣ Odamning oʻz ehtiyojlarini amaliy faoliyat yordamida qondira olish qobiliyati.

Modern soʻzlar chiroyli koʻrinadi. Lekin ularni hadeb yoki boʻlar-boʻlmasga qoʻllayverish toʻgʻri emas. Xoʻsh, motivatsiyani oʻzbekchada qaysi soʻzlar bilan ifodalasa boʻladi? Variantlar:

1️⃣ Ruhlantirish.

2️⃣ Gʻayratlantirish.

3️⃣ Yuragiga choʻgʻ solish.

Albatta, bu soʻzlar baʼzi oʻrinlarda aynan motivatsiya soʻzi anglatgan maʼnoni toʻliq qamramasligi mumkin. Lekin juda koʻp holatlarda uning oʻrnini bosa oladi. Takrorlardan qochish, maʼnoni ham, soʻzlarni ham qaytalamaslik, zarur boʻlganda sinonimlarni ishlatish matnning ohorini oshiradi.

Motivatsiyani yana qanday soʻz va iboralar bilan ifodalash mumkin? Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →