TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1563 4.75K
​“Ohori toʻkildi”: ohor nima?

Ohor soʻzi fors tilidan olingan. Oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Ip, gazlama yoki kiyimga pardoz berish yoki qotirish uchun ishlatiladigan modda; kraxmal.

2️⃣ Shunday modda bilan yangi narsaga, kiyimga berilgan ishlov, pardoz.

3️⃣ Koʻchma maʼnoda: obroʻ, hurmat.

Ohor soʻzi qatnashgan bir nechta ibora bor:

Ohor bermoq – ohorlab pardoz bermoq, kraxmallamoq: chit toʻqilgach, unga ohor beriladi.

Ohori ketgan (yoki toʻkilgan) yoki ohordan tushgan – kiyilgan, tutilgan, eski: ohori ketgan doʻppi.

Ohori toʻkilmagan yoki ohordan tushmagan – 1) yangi, pardozi ketmagan, koʻp ishlatilmagan: ohori toʻkilmagan beqasam toʻn, ohordan tushmagan kamar. 2) koʻchma maʼnoda: obroʻsi ketmagan, hurmati saqlangan, baobroʻ; 3) koʻchma maʼnoda: ilgari ishlatilmagan, tutilmagan, yangi: ohori toʻkilmagan gap.

Ohorini toʻkmoq – 1) yangi narsani kiyib, tutib eskirtmoq, pardozdan tushirmoq; 2) koʻchma maʼnoda: obroʻsini toʻkmoq, behurmat qilmoq.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi iboralarda ohor soʻzi baʼzan kraxmal maʼnosini anglatgan boʻlsa, baʼzida bu maʼnodan ancha uzoqlashgan.

📌 Demak:

Ohor, ohori toʻkildi, ohori ketdi, ohor berdi ✅
Oxor, oxori toʻkildi, oxori ketdi, oxor berdi ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →