TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3319 4.52K
Gʻazalkent gʻazallar shahrimi?

Kent qadimgi sugʻd tilida kand, kant shakliga ega boʻlgan va devor, uy, xonadon, qoʻrgʻon, qishloq kabi maʼnolarni anglatgan. Kent soʻzi va uning talaffuz variantlari qatnashgan joy nomlari mintaqamizda juda koʻp: Toshkent, Samarqand, Yorkent, Vobkent, Parkent, Piskent kabi.

Xoʻsh, Gʻazalkentning maʼnosi nima? Kent shahar maʼnosida boʻlsa, Gʻazalkent gʻazallar shahri boʻladimi? Toponimik adabiyotlarda yozilishicha, shahar nomi hazar qabilasi nomidan kelib chiqqan. Hazarlar – qadimgi turkiy qavm. Hazarkent – hazarlar qishlogʻi. Hazar soʻzi keyinchalik tovush oʻzgarishiga uchragan.

Qashqadaryodagi Gʻuzor shahri, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻi nomi asosida ham hazar soʻzi yotadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 33
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →