TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3262 6.89K
Boʻron

Gʻarbiy Amerikadagi bir fermernikiga kelishgan bir yigit ish soʻrab keldi. Fermer undan qanday afzalliklari, oʻziga xos sifatlari borligini soʻradi. Yigit javob berdi:

– Men boʻron turganda ham bemalol uxlay olaman.

Bu gap keksa fermerni oʻyga toldirdi: nima demoqchi bu bilan? Lekin yigitni baribir ishga oldi, chunki u nimasi bilandir fermer boboga maʼqul tushdi.

Oradan kunlar oʻtdi. Bir tun qattiq va shiddatli boʻronning guv-guvidan er-xotin fermerlar uygʻonib ketishdi. Obbo, bir falokat boʻlmasaydi degan xayolda uyning u burchidan bu burchiga yugurib, ichkari-yu tashqarini koʻzdan kechira boshlashdi. Deraza va eshiklar zichlab yopilgan, ilgaklari solib qoʻyilgandi. Uy-roʻzgʻor va dalada ishlatiladigan buyumlar omborga olib kirilgan, traktor garajda turardi. Otxona eshigi yaxshilab yopilgan, qulflangan edi. Ichkaridagi hayvonlarning tovushi umuman eshitilmasdi.

Fermer bobo ishchisining xonasiga moʻraladi: yigit miriqib uxlab yotardi. Shu fursat uning xayolida ishchisining gaplari jaranglaganday, oʻsha gaplarning maʼno-mohiyati anglashilganday boʻldi:

– Men boʻron turganda ham bemalol uxlay olaman.

Haqiqatan ham, bu harakatchan yigit sokin kunlardayoq harakatga tushgan, boʻronga tayyorgarlik koʻrib qoʻygandi. Hamma narsani joy-joyiga keltirgani sabab bugun shiddatli, qasirgʻali boʻron bosh koʻtarganda u umuman bosh koʻtarmasdi.

Bunday talatoʻpli shamollar barchamizning boshimizda bor. Imkonimiz boʻla turib bajarmagan ishlarimiz bir kuni quyosh botganida manglayimizga ajinlar soladi, yuragimizni gʻijimlaydi. Quyoshi qayta chiqmaydigan boʻlib botadigan kunimiz kelguncha hamma narsani miridan sirigacha toʻgʻrilab, hozirlik koʻra olamizmi? Oʻzimizni oʻnglay, chogʻlay bilamizmi? Buni uddalasak-ku, xoʻp-xoʻp, yoʻqsa, boʻron koʻtarilgan kunda uyqusiz qolamiz. Ammo unda gʻisht qolipdan koʻchgan boʻladi...

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Chunki: vergul kerakmi yoki yoʻq? Tahrir va korrektura jarayonida eng koʻp koʻzga tashlanadigan xatolardan biri chunki soʻzidan soʻng vergul qoʻllashdir. ❗️ Chunki bogʻlovchisi oʻzidan soʻng vergul talab qilmaydi. Ikki gapni bogʻlab, jumla ichida kelganda…
  • 👍 48
  • 🔥 6
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →