TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1271 2.2K
Talatoʻp

Ur-yiqit, sur-sur va shu kabi besaranjom, notinch holat; toʻs-toʻpolon.

Oʻn ming uyli Qoʻngʻirot talatoʻp boʻlib, Kashal eliga, Qalmoq yurtiga... koʻcha boshladi.
“Alpomish”.

Sodiqjon boyvachchaning hovlisi birpasda talatoʻp boʻlib qoldi. Zubayda yerda yotardi...
K. Yashin, Hamza.

Bu soʻz katta ehtimol bilan tala va toʻp soʻzlaridan hosil boʻlgan. Koʻpchilikning biror narsani talashishi yoki talashi maʼnosida. Chunki tala soʻzidan yasalgan va mazmuni shunga yaqin tala-tala, tala-toʻpolon kabi soʻzlar ham bor.

📌 Demak:

Talatoʻp ✅
Talotoʻp ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  2. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  3. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  4. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  5. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  6. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →