TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2121 4.14K
Bir ibora tarjimasi: feel more rested

Ingliz tilidan tarjima qilingan matnni tahrirlayotgan edim. Unda bir jumlaga duch keldim:

How to sleep better and feel more rested?

Uni rus tarjimon shunday oʻgirgan:

Как лучше спать и чувствовать себя более отдохнувшими?

Oʻzbekcha varianti:

Qanday qilib yaxshiroq uxlash va dam olishni his qilish mumkin?

Oʻzbekchada mazmun toʻlaqonli chiqmagan. Buni qisqa va loʻndaroq, asliyatga mosroq oʻgirish mumkin. Feel more rested iborasining soʻzma-soʻz maʼnosi – oʻzini yaxshi dam olgandek his qilmoq.

Bu iborani oʻzbekchaga bitta soʻz bilan tarjima qilish mumkin: tiniqmoq. U charchoq, ezilish va shu kabilardan xoli boʻlib, bardam, tetik holatli boʻlish maʼnosiga ega.

Xullas, yuqoridagi tarjima jumlani shunday tahrir qildim:

Qanday qilib yaxshiroq uxlash va tiniqib dam olish mumkin?

👉 Tarjimaga qiziqadiganlar yoki shugʻullanadiganlar boʻlsa, variantlarini izohda qoldirishlari mumkin.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 23
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →