Boliviya Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzdi – OAV.Aslida kishilarning ismlari boʻlgan joy nomlari haqida oldinroq yozgan edim. Boliviya ham xuddi shunday toponimlardan biri. U milliy ozodlik harakati yetakchisi Simon Bolivar sharafiga shunday atalgan.
1825-yil 6-avgustda Yuqori Peru mustaqilligi eʼlon qilingan, 11-avgustda esa Bolivar Respublikasi tashkil etilgan. Mamlakatga Yuqori Peru va Yuqori Peru Davlati kabi nomlar ham berilishi mumkin edi. Bir necha oʻn yillar davomida shu va boshqa nomlar ham mamlakat nomi sifatida qoʻllangan. Biroq 1868-yil 1-oktyabrdan oʻlka rasman Bolivar Respublikasi deya atala boshlangan.
2009-yili kuchga kirgan Konstitutsiyaga koʻra, mamlakatning rasmiy nomi – Boliviya Koʻpmillatli Davlati (ispancha – Estado Plurinacional de Bolivia).
Janubiy Amerikadagi ushbu mamlakatda 37 ta rasmiy til bor. Masalan, ispan, kechua, aymara, guarani kabilar rasmiy til sanaladi. Aholining 68 foizi metis, 20 foizi hindu, 5 foizi oqtanlilardan iborat.
@oriftolib | Sahifalarimiz