TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2254 6.71K
Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?

Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?

Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.

Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.

Mulat – oq tanli (yevropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.

Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.

Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.

Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 25
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato? Adabiy agent Jessika…
  2. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  3. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  4. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  5. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  6. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →