TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1428 2.32K
​Chigirtkaning tovushi

Nyu yorklik bir kishi hindu doʻsti bilan shahar koʻchalarini aylanib yurardi. Hindu birdaniga toʻxtadi.

– Chigirtkaning tovushini eshityapman! – dedi u hayratlanib.

– Jinni boʻlganmisan, – dedi bunga javoban oshnasi tevarak atrofga ishora qilib.

Ularning yonginasidan guvillab ulovlar oʻtar, nariroqda quruvchilar ishlar, koʻchani toʻldirgan odamlar qaylargadir shoshar edi.

– Lekin men eshityapman, – fikrida qatʼiy turib oldi hindu.

U toʻgʻri bank binosi yonidagi gulzorga qarab ketdi. Gullarning ostida haqiqatan ham bir chirilloq chigirtka bor ekan.

– Qoyil-ye! – deb hayratlandi shaharlik. – Eshitish qobiliyating dahshat-ku!

– E, yoʻq, ogʻayni, – deb kuldi hindu, – gap bunda emas. Qarab tur...

U shunday dedi-da, yoʻlakka bir hovuch tanga sochib yubordi. Yoʻlda ketayotganlar darrov har yoqqa alanglab, pullari tushib qolmaganini tekshirish uchun choʻntaklarini tita boshladilar.

– Koʻrdingmi, – dedi hindu oshnasiga, – sezgilaring nimaga moslangan boʻlsa, oʻshani albatta eshitasan.

Baʼzida axborotlarning shiddatli oqimidan kerakli fikrni, yorqin gʻoyani ajratib olish qiyin kechadi. Boshida ahmoqonaroq, ishonchsizroq koʻringan gʻoyalar oxir-oqibat katta natijalarga sabab boʻladi. Buning uchun sezgilarimizni toʻgʻri moslay olishimiz va kerakli tovushlarni eshita bilishimiz kerak. Birinchi qarashda bajarib boʻlmaydiganday koʻrinayotgan gʻoya – hindu eshitib, shaharlik umuman sezmagan chigirtka tovushining xuddi oʻzi. Odatiy fikrlash, qabul qilish usulini yorib oʻtish hamisha ham oson kechmaydi. Lekin bu katta maqsadlarni koʻzlaganlar uchun juda foydali va oʻta-oʻta keraklidir.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  2. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  3. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  4. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  5. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  6. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →