TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2955 6.61K
​​Talaba – talab qiluvchi, student – qattiq ishlovchi

Oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurti oʻquvchisi talaba deyiladi. Arab tilidan oʻzlashgan bu soʻz tilimizda koʻpdan beri bor. U asliyatda soʻrovchilar, talab qiluvchilar; oʻquvchilar kabi maʼnolarni anglatadi. Alisher Navoiy bu soʻzni shogirdlar, oʻquvchilar maʼnosida qoʻllaydi:

Ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi. (Alisher Navoiy, “Nasoyimul muhabbat”)

Eski oʻzbek tilida talaba maʼnosida uning biroz oʻzgargan shakli – tolib va tolibi ilm soʻzlaridan keng foydalanilgan. Tolibi ilm atamasi bugungi tilimizda ham bot-bot ishlatib turiladi. Tolib soʻzi arab tilida izlovchi; talab qiluvchi, xohlovchi; oʻquvchi; tinglovchi kabi maʼnolarni anglatadi. Tolibi ilm ilm talab qiluvchi, ilm izlovchi demakdir.

Mustaqillik yillarida oʻz oʻrnini talabaga boʻshatib bergan student soʻzi dastlab hozirgidan boshqa maʼnoda qoʻllangan. Lotin tilida studens soʻzi qattiq mehnat qiluvchi, berilib ishlovchi kishiga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Rimda va oʻrta asrlarda ilm bilan shugʻullanuvchi har qanday kishi student atalgan. XII asrda universitetlar paydo boʻlgach, student atamasi unda oʻqiydigan va dars beradiganlarni anglata boshlagan. Magistr, professor kabi ilmiy darajalar taʼsis qilingach esa, bu ibora faqat talabalarga nisbatan qoʻllana boshlagan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Oct 17, 2026Hartugul: vergul kerakmi yoki yoʻq? Har qalay, xayriyat, xayriyatki maʼnolarini anglatadig…
  2. Oct 17, 2026Shon-shuhrat juda koʻp hasadchilarni tugʻadi. — Mordva xalq maqoli @oriftolib | Sahifalari…
  3. Oct 16, 2026🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib,…
  4. Oct 15, 2026Dushga boshliq boʻlmang Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha прин…
  5. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  6. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →