TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2950 3.47K
Chalkashtirmang, aniqlashtiring

Markaziy nashrlardan birida berilgan xabardan:

Vitse-marshal Li Yon Gil Pak Su Ir oʻrniga Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda 10-avgust, payshanba kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA, KCNA) maʼlum qildi.

1️⃣ Kim kimning oʻrniga boshliq boʻldi?
2️⃣ Agentlik nomining qisqartmasi nega ikkita?

🟢 Koreyscha, yaponcha yoki xitoycha ismlarni uqib olish oʻzi birmuncha qiyin. Ularni xabardagi kabi ketma-ket berish esa oʻquvchini yaxshigina chalgʻitadi. Dastlabki uchta nom bir kishiga tegishliligini savqi tabiiy bilan (intuitiv) anglagan odam uchun ham ismlarning birin-ketin kelishi noqulaylik tugʻdiradi. Shu holatida bu ismlar bir kishiga oidga oʻxshab koʻrinadi. Xoʻsh, qanday bergan maʼqul? Ushmundoq:

Pak Su Ir oʻrniga vitse-marshal Li Yon Gil Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshligʻi etib tayinlandi.

🟢 Agentlik nomidan keyin qavsda ikkita qisqartma berilyapti. Biri – oʻzbekchadagi qisqartma, biri – inglizchadagi. Bittasi yetarli. Bu oʻrinda oʻzbekcha KMTAni qoʻllash oʻrinli. Chunki xabarning davomida agentlik nomi shu shaklda ishlatilgan. Agar matnda tashkilotning qisqartmasidan foydalanilmaydigan boʻlsa, qavs ichida qisqartma berishga ham hojat yoʻq.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 38
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →