TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2812 4.95K
​​Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin

Xabar sarlavhasi:

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi qoʻlga olindi

⚠️ Nimasi xato?

Sarlavha aslida toʻgʻri. Namoyishlarda qatnashganlarning hammasi ham qoʻlga olinmagan. Tartibsizliklarda qatnashganlar yoki tartibsizlik qilganlar qoʻlga olingan. Lekin jumlaning ifodasi gʻalizroq.

200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi iborasida tartibsizlik 200 nafar boʻlib qolganday tuyuladi. Aslida ibora xato emas. Chunki 200 nafar soʻzi tartibsizlik ishtirokchisi birikmasiga tegishli, tartibsizlik soʻziga emas. Oʻqiganda baribir tishga teggani uchun bunday qoʻllamagan yaxshi.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Jumlani ravonroq qilish uchun tartibsizlik soʻzini olib tashlasa ham boʻladi, mavzuga qiziqqan odam bu haqdagi maʼlumotni matndan olaveradi:

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar ishtirokchi qoʻlga olindi ✅
Fransiyadagi namoyishlarning 200 nafar ishtirokchisi qoʻlga olindi ✅

Bundan-da qisqaroq variant:

Fransiyada 200 nafar namoyishchi qoʻlga olindi ✅

Bunda Fransiyadan boshqa joyda namoyish oʻtkazganlar ham tushunilishi ehtimoli bor. Ammo odatda bunaqa tushunilmaydi. Shuning uchun bu variantni ham qoʻllayverish kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 41
  • 💯 2
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →