TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2809 4.31K
​​Amaliyot: mazmuni qochgan jumla

Tarjimada mazmunni imkon qadar toʻla-toʻkis berish kerak. Biroq baʼzan maʼno tarjimonning qoʻlidan baliqday sirgʻalib chiqib ketadi. Inglizchadan oʻgirilgan bir matnni tahrir qilayotib shunaqa mazmuni qochgan jumlaga duch keldim:

Mening bolam qancha ogʻirlik qilishi kerak?

⚠️ Nimasi xato?

Gap tushunarsiz. Ifodasi oʻzbekcha emas.

Ogʻirlik qilish iborasining maʼnosi boshqa, u oʻzini bosmoq, oʻzini qoʻlga olmoq; malol kelmoq; koʻtarishga qiyin boʻlmoq kabi maʼnolarga ega. Koʻrib turibsiz: u ayni holatga mos emas. Axir gap bolaning vazni haqida ketyapti.

Aksariyat holatlarda qaratqichli kishilik olmoshlari ortiqcha, egalik qoʻshimchasining oʻzi maʼnoni bera oladi. Bunday oʻrinlarda olmoshlarning bahridan oʻtish kerak: mening bolam – bolam, sening kitobing – kitobing, bizning vazifamiz – vazifamiz. Bu jumlada ham shunday.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Oʻtkir qaychi olib, jumlani boshqatdan bichamiz:

Bolamning vazni qancha boʻlishi kerak? ✅
Bolamning ogʻirligi qancha boʻlishi kerak? ✅

Boshqa variantingiz boʻlsa, izohlarda qoldiring. 👇

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 43
  • 🔥 5
  • 💯 4
  • 🤨 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →