TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2791 5.98K
​​“Tomonidan”ning tomonlari

Tildagi har bir soʻz yoki iboraning oʻziga yarasha vazifasi bor. Biroq oʻrinsiz ishlatsangiz, hatto eng zalvarli soʻz, ibora yoki jumlani ham obroʻsizlantirib qoʻyish mumkin.

Tomonidan soʻzini oʻrinsiz ishlatish koʻp uchraydi. OAV va kitoblardan shu soʻz qatnashgan majhul nisbatdagi jumlalarni qidirib koʻring, bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz:

Olimlar tomonidan koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi.

⚠️ Nimasi xato?

Gapda harakatning bajaruvchisi koʻrsatilgan boʻlsa, majhul nisbat qoʻllamaslik kerak. Majhul nisbatdagi gap uzun va mujmallikka moyil boʻladi.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Aniq nisbatda berish kerak:

Olimlar koronavirusning uchta yangi alomatini aniqladi.

Gap loʻnda, tushunishga oson va oʻquvchiga yengil yetib boradi. Hech kimning “tomon”iga ehtiyoj yoʻq.

👉 Bu shakldagi jumlalar urf boʻlishining sabablaridan biri – tarjima tiliga yoki oʻzi yaxshiroq biladigan tilga taqlid. Rus va ingliz tillarida ish-harakat bajaruvchisini majhul nisbatda berish juda koʻp kuzatiladi. Biroq bunday gap tuzilishi oʻzbek tili tabiatiga teskari.

📌 Demak:

Men aytgan gapni tushundingiz-a? ✅
Aytganlarimni tushundingiz-a? ✅
Men tomonimdan aytilgan gapni tushundingiz-a? ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 39
  • 🔥 9
  • 😱 1
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →