TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1863 8.31K
Qachon oʻzbekcha gapiramiz?

...“Dugonangizdan nafratlanaman” degan jumlamni “Dugonangizni koʻrarga koʻzim yoʻq” deb tahrir qilayotib, talabchan muharrir Vahob Roʻzimatov taʼna-taajjub aralash soʻragan edi: “Yoki sizlar, hozirgi yoshlar shunday gapirasizlarmi?”.

Hozirgi yoshlar shunday gapiradi, domla! Chunki ular biz yozgan kitoblarni oʻqigan, biz ishlagan kinolarni koʻryapti... U yogʻi oʻzingizga maʼlum. Axir, telefon goʻshagini olib, oʻzbekona tavoze bilan “labbay” demoqning oʻrniga “eshitaman” (“slushayu”) deymiz-ku toʻralarcha! Holbuki, birov bizga: “Eshitmaysan, qulogʻing ogʻir, karsan”, deyayotgani yoʻq. “Malakasini oshirdi”, “mahoratini oshirdi” degan gap turganda xunukdan xunuk, bemaʼni – “oʻz ustida ishladi” (“над собой работал”) deb qoʻllaymiz. “Osh boʻlsin” emas, “yoqimli ishtaha” demoq bilan madaniy koʻrinmoq boʻlamiz. Besh yashar oʻgʻilchamiz: “Oyim menga qoʻlqop olib berdilar” emas, “Menga qoʻlqop olib berishdi” (“Мне купили перчатки”), deydi; maktabni tugatayotgan qizimiz: “Sizga telefon qilishdi” (“Sizga falonchi aka yoki kimdir telefon qildi”, “Sizga telefon boʻldi” demoq oʻrniga), deydi. Telefon qilgan kim? Odamning ogʻziga yomon gap keladi...

Oʻzbek tili tabiatiga koʻra, gapning egasi tushgan qolgan majhul holatda “soʻrashdi”, “aytishdi”, “chaqirishdi” deb emas, “soʻraldi”, “soʻradilar”, “aytildi”, “chaqirildi” tarzida ishlatiladi.

Yaqin-yaqingacha metroning oxirgi bekatiga yetganda “Vagonlarni boʻshatib qoʻyinglar!” degan dagʻdagʻani eshitib, “Nima, vagoningda oʻtin yo koʻmir bormidiki, boʻshatib qoʻysam, hammolingni topibsan!” degingiz kelardi.

“Katta rahmat” degan gapni har qadamda ishlatamiz. Vaholanki, rahmatning katta-kichikligini oʻlchash bizning qoʻlimizda emas, rahmat – Xudoniki, uning katta-kichigi boʻlmaydi. Ha, boringki saxovatimiz oshib-toshsa, “ming rahmat”, “koʻpdan-koʻp rahmat”, “baraka toping” demogʻimiz mumkin, xolos. “Katta rahmat”ning qayoqdan kelgani esa maʼlum...

Erkin Aʼzam,
“Oila va jamiyat” gazetasi

1992-yil,
avgust

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →