TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #104 4.96K
-ni va -ning qanday farqlanadi?

Soʻz bilan ishlagan, kitob koʻrgan kishilar yaxshi biladi, baʼzi hollarda -ni va -ning qoʻshimchalari xato qoʻllanadi. Bunday xatolardan xoli boʻlish uchun soddagina bir qoidani bilish kifoya.

-ni feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Masalan,

Kitobni oʻqidim, kitobni oʻqish. Bu oʻrinda -ning ishlatish xato.

Kitobning muqovasi, kitobning oʻqilishi. Bu oʻrinda -ni ishlatish xato.

“Kitobning muqovasi” birikmasini “Kitob muqovasi” deb qoʻllagan maʼqul. Loʻndalashadi. Umuman, agar qisqartirish imkoni boʻlsa, hatto qoʻshimchalardan ham voz kechish kerak. Maʼnoga taʼsir koʻrsatmasligi sharti bilan, albatta.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, -ning qoʻshimchali soʻzlar ham, -ni qoʻshimchali soʻzlar ham feʼlning noaniq (oʻqish) yoki bosh shakliga (oʻqimoq) bogʻlanishi mumkin. Lekin -ni dan soʻng albatta aniq nisbatdagi harakat nomi (oʻqish), -ning dan soʻng esa majhul nisbatdagi harakat nomi (oʻqilish) kelyapti va unga egalik qoʻshimchasi (-i) qoʻshilyapti.

Demak, kitobning oʻqish yoki kitobni oʻqilishi deyish xato boʻladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 29
  • 🔥 7
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →